V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PORTLATILADIGAN CHUQUR SKVAJINALAR



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.12-§. PORTLATILADIGAN CHUQUR SKVAJINALAR 
BURG‘ILASH UCHUN KOLONKALI QURILMA VA 
O‘ZIYURAR DASTGOHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Tozalab qazib olish ishida portlatish skvajinalarini qavat osti la-
himini o‘qiga nisbatan tik chiziq bo‘ylab to‘liq yelpig‘ichsimon yoki
uning bir qismi ko‘rinishida joylashtiriladi. Ko‘pincha, yuqoriga yarim 
yelpig‘ichsimon skvajinalar burg‘ilansa, kamroq hollarda pastki qis-
miga yarim yelpig‘ichsimon skvajinalar burg‘ilanadi. Yuqoriga qar-
ab burg‘ilangan yarim yelpig‘ichsimon skvajinalar yaxshi saqlanadi 
va suv bilan to‘lib qolmaydi. Parallel skvajinalar bilan portlatish chek-
langan hajmda qo‘llaniladi. Shunga qaramasdan, parallel skvajinalar 
tog‘ jinslari massivida portlovchi materiallarni bir tekis taqsimlash 
imkonini yaratadi va ruda massasini yaxshi maydalaydi. Skvajinalar-
ni parallel joylashtirib burg‘ilashni cheklovchi omillar tayyorlovchi


40
lahimda burg‘i dastgohlarini joylashtirish uchun ko‘ndalang kesim 
yuzasi katta bo‘lgan maydon talab qilishidir.
Portlatish skvajinasini burg‘ilash uchun yuqori quvvatli kolon-
kali perforatorlar qo‘llaniladi. Bu perforatorlar o‘ziyurar shassi-
ga o‘rnatiladi. Bunday burg‘i qurilmasini olib borish qiyin bo‘l-
gan joylarda kolonkali qurilma hamda teleskopli perforatorlar bilan 
burg‘ilanadi.
Rudalarni ochiq bo‘shliqda yoki siqilgan muhitda qo‘porib qa-
zib olish amalga oshiriladi, bunda asosiy e’tibor shpurlar diametri-
ning kengligiga va skvajinalarning cheklanadigan chuqurligiga qa-
ratiladi.
Diametri qisqartirilgan skvajinalar qo‘porilayotgan tog‘ jinslari 
massasining fraksiya tarkibini yaxshilash imkonini yaratadi. Skvaji-
nalarning eng keng tarqalgan diametri 56 mm, kamroq uchraydigan-
lari 65 mm tashkil etadi.
Skvajinalar chuqurligi 6 m dan 25 m gacha oraliqda o‘zgarib
turadi. Katta chuqurlikdagi skvajinalar burg‘ilash dastgohi ish unu-
mining kamayishiga olib keladi va skvajinalarning qiyshayishiga, bu 
esa qo‘porib olinadigan rudaning maydalanish sifatiga yomon ta’sir 
etadi. Shu bilan bir qatorda skvajinalar chuqurligini oshirish tayyor-
lov ishlari hajmini qisqartiradi. Chuqurligi 30–70 m bo‘lgan skvaji-
nalarni burg‘ilashda botib boruvchi pnevmozarbalovchi agregatlar 
qo‘llaniladi. Zarbalab burg‘ilash dastgohi (ZB) zarbalab-aylanma, 
aylanma-zarbalovchi va zarbalovchi ta’sir etuvchi burg‘i kallagi bilan 
ta’minlangan bo‘ladi.
Burg‘ilovchi dastgoh o‘zi yuradigan va o‘zi yurmaydigan bo‘lishi 
mumkin. O‘ziyurar dastgoh tik yuza tekisligida skvajinalarni ayla-
nasiga yelpig‘ichsimon shaklda joylashtirib burg‘ilashi mumkin.
Dastgoh chuqur portlatish skvajinalarini burg‘ilashga mo‘ljallan-
gan bo‘lib, rudani portlatib qazib olish uchun blokni har xil sxema-
da burg‘ilash imkoniga ega. Burg‘ilash sxemasi tasniflashning aso
-
siy belgisidir. Hozirgi vaqtda quyidagi burg‘ilash sxemalari ma’lum: 
to‘liq yelpig‘ichsimon shaklda yuqoriga yarim yelpig‘ich, pastga qa-
ratib ham yarim yelpig‘ich shaklida parallel skvajinalar burg‘ilash.
Ikkinchi tasnif lovchi belgi yuradigan qurilmasining turiga qa-
rab qabul qilingan. Ko‘pchilik zavod va firmalar ishlab chiqarayotgan 
qurilmalarning yuradigan qismi shinali – g‘ildirakli. Bu ruda konlari 
sharoitida ishonchliroqdir.


41
Uchinchi tasnif lovchi belgi dastgohdagi burg‘ilovchi mashinalar 
soniga qarab belgilangan. Hozir sanoat bir, ikki va uchta burg‘ilov-
chi mashinalar o‘rnatilgan dastgohlar ishlab chiqarmoqda. Eng ko‘p 
tarqalgan turi birinchi ikki turidir. Uch mashinali dastgohning «At-
las-Корко» modelini Simba 323 individual buyurtma bo‘yicha ishlab 
chiqaradi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə