V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


СБШ-200Н  burg‘ilovchi dastgohining



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

2СБШ-200Н 
burg‘ilovchi dastgohining 
kinematik sxemasi. Uzellarining 
nomi 2СБШ-200-400 dastgohi 
bilan bir xil.


54
tsiyalarga sarflanadigan vaqtni qisqartirishga qaratilgan kompleks 
konstruktiv tadbirlarni amalga oshirilishi, shu jumladan burg‘i shtan-
galarining uzunligini 12 m ga yetkazilishi; vertlyugni elektr yuritkich 
bilan ishlatish, bir vaqtning o‘zida shtangani uzaytirish uchun uning 
pastki va yuqoridagi uchlarini har ikkala tomonidan burab kiritib uzay-
tirish, ya’ni burg‘ilash stavini burab yechish jarayonida gidroyuritkich 
nasoslarini uzatish imkoniyatining ko‘paytirilishi, burg‘ilash jarayoni-
da gidropatronning bo‘sh qaytish davomiyligini va boshqa ijro organla-
rining bajaradigan operatsiyalari davomiyligini kamaytirilishi.
Aylantiruvchi mexanizmda yuqori sifat xarakteristikasiga ega 
bo‘lgan boshqaruvni hamma diapazonlarida termistorli elektr yurit-
kich qo‘llaniladi.
Yuqori quvvatli ДЭВ-808 elektr dvigatelini aylantiruvchi ishchi 
organida qo‘llanish uzatuvchi korobkasiz ishlatish imkonini beradi.
Dastgohda avtomatik boshqarish tizimini qo‘llanish, burg‘ilash 
jarayonida burg‘i asbobining aylanish chastotasini va skvajina tubiga 
uzatadigan kuchlanishni burg‘ilanayotgan tog‘ jinslarining mahkam-
ligiga bog‘liq holda boshqaradi, bu qurilma dastgohni ortiqcha teb-
ranish (qaltirash)dan va yuklanishdan saqlaydi.
Kabinaning amortizatori operatorning mehnat sharoitini, gigiye-
na holatini yaxshilaydi. Dastgohning yuradigan qismini boshqarish-
da termistorli stansiya ТСУ-Р4 ning qo‘llanishi uni ishga tushiradigan 
joyidan bir tekis siljish imkonini yaratib, metall konstruksiyalarda va 
yurish mexanizmlarida dinamik kuchlanishni kamaytirish imkonini 
beradi. Dastgohga kabel barabanining o‘rnatilishi dastgohni ishlatish-
da unga ko‘rsatiladigan xizmatni yengillatadi.
Dastgohda yangi komplekt termistor qurilmasining o‘rnatilishi, 
boshqaruv tizimining bloklari integral mikrosxemaga asoslangan bo‘lib, 
uning ishlamay qolgan qismini diagnostikalaydigan qurilma bilan 
ta’minlangan, bu unga xizmat ko‘rsatish oson bo‘lishini, buzilib ishla-
may qolgan qismini qurilmadan izlab topish va uni tez tuzatish imkoni-
ni beradi. Dastgohning hozirgi davr talabiga mos ravishda badiiy- 
konstruktorli bezaklanishi texnikaviy estetika talablariga mos keladi.
СБШ-250-55 dastgohi mahkamlik koeffitsiyenti 

 
4 – 14 bo‘lgan 
tog‘ jinslari qatlamida tik va qiya joylashtiriladigan skvajinalar-
ni burg‘ilash uchun mo‘ljallangan. Burg‘ilash chuqurligi 55 m gacha 
bo‘lib, havo harorati +40° dan –50°C gacha bo‘lgan diapazonda ish-
lashga muvofiqlashtirilgan.


55

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə