V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Asosiy konstruktiv xususiyatlari



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Asosiy konstruktiv xususiyatlari.
Machtani ikkita separator bi-
lan qo‘llash portlatish skvajinalarining pog‘ona balandligi 50 m gacha 
bo‘lgan karyerlarda qo‘llanish imkonini beradi.
Burg‘i stavini aylantiradigan o‘zgarmas tokda ishlaydigan dvi-
gatelli yonlama yuritkichdan foydalaniladi.
Tirgak uzeli va aylantirgich o‘rtasida egiluvchan tishli mufta 
o‘rnatilgan, bu aylantirgich uzeliga vibratsiya (qaltirash) uzatilishini 
so‘ndirib, doloto ishlashini yaxshilaydi.
Stavni skvajina tubiga uzatish ikkita lebyodka bilan uchta sim ar-
qonli-poliplastli tizim yordamida amalga oshiriladi.
СБШ-250-55 dastgohi changlanishni so‘ndiradigan suv-havo 
tizimi bilan ta’minlangan.
СБШ-250-55 dastgohi o‘rmalab yuruvchi ramaga o‘rnatilgan bo‘-
lib, shaxsiy yuritkich aravachasiga ega, uning o‘qlariga mashina bo‘limi 
gidroelektrli uskunalari bilan joylashtirilgan. Karkasning yuqorigi beli-
da mashina bo‘limida tayanch tirgak o‘rnatilgan, unga machta aylanti-
ruvchi-uzatuvchi mexanizmi burg‘i asbobi bilan o‘rnatilgan.
Keyingi yillarda diametri 320 mm va undan ham kattaroq dia-
metrdagi skvajinalar burg‘ilashga qiziqish paydo bo‘ldi. Ruda konlari-
da СБШ-320 sharoshkali dastgohi (1.9-rasm) qo‘llanilmoqda. Bu dast-
1.9-rasm. 
СБШ-320 sharoshkali burg‘ilovchi dastgohining umumiy 
ko‘rinishi.


56
gohning mashina bo‘limi ikki qismga ajratilgan bo‘lib, oldidagi qis-
mi isitiladi, orqadagi bo‘limi isitilmaydi. Oldingi qismida moynasos 
stansiyasi, gidroapparaturalar, suvni bakka haydovchi nasoslar, elek-
tr apparaturalar joylashtirilgan. Orqa qismi ikki vintli kompressorlar-
ni joylashtirishga xizmat qiladi.
Dastgohning orqa tomonida ikkita kabel barabani joylashtiril-
gan. Mashinist kabinasi dastgohning chap tomonida joylashtirilgan. 
Kabinada boshqaruv pulti, mashinist o‘rindig‘i, isitkich va nazorat-
o‘lchov asboblari joylashtirilgan. Operatorni shovqin ta’siridan saqlash 
uchun kabina germetiklangan va vibratsiyaga to‘sqinlik qiluvchi mos-
lama bilan ham jihozlangan.
Dastgoh machtasiga asosiy uskunalar joylashtirilgan: burg‘i 
snaryadi, zaxira shtangalar joylashtiriladigan kasseta, uzatuvchi me-
xanizmning aylantirgichi, burg‘i snaryadini burab kirgizuvchi va 
burab chiqaruvchi uskunalar, machtani yuqori qismida yuk ko‘ta-
rib-tushiruvchi elektr tal o‘rnatilgan. Aylantirgich o‘zgarmas elektr 
tokida ishlaydigan dvigatel yordamida harakatlanadi. Buruvchi mo-
ment shpindelga reduktor orqali uzatiladi.
Dastgoh gidrotizimi yordamida quyidagi operatsiyalarni baja-
radi: burg‘ilovchi snaryadni skvajina tubiga tushiradi; burg‘ilov-
chi snaryadni yig‘ish va ajratish, dolotoni almashtirish, dastgohni 
(stanokni) gorizontallashtirish, machtani ko‘tarish va tormoz qu-
rilmasini boshqarish. Dastgohni elektr energiyasi bilan ta’minlash 
kabel barabani orqali karyer elektr tarmog‘idan amalga oshirila-
di, kuchlanish 380 V. Kabel turi КРШК, kesimi yuzasi 3

120–
1

35 mm
2
.
Burg‘ilash usullarini tasnifi sxemasida tog‘ jinslarining fizika
-
viy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda burg‘ilash usullarini 
qo‘llash doirasi keltirilgan (1.13-jadval).
Qattiq, mahkam tog‘ jinslarida, asosan, zarbalovchi burg‘ilash 
usuli qo‘llaniladi. Yumshoq jinslarda esa ularni tig‘li asbob bilan ke-
sib burg‘ilash usuli keng qo‘llaniladi.
Skvajina burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarni burg‘ilash natija-
si yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun skvajina tubidagi ushalgan 
jinslarni siqilgan havo yordamida chiqarib tashlash kerak. Hozirgi 
davr dastgohlari har xil o‘lchamdagi skvajinalar burg‘ilashda sarf-
laydigan siqilgan havo miqdorini quyida keltiramiz:


57
Doloto diametri, mm 
127–145 
171 214 243 
320
Sarflanadigan siqilgan
havo miqdori, m
3
/min 

14 18 25 50
1.13-jadval
Burg‘ilash 
usullari
Burg‘ilash
asboblari
Burg‘ilash dast-
gohlari va 
uskunalari
Shpur yoki
skvajina
diametri, 
mm
Jinslar mahkam-
ligiga qarab 
qo‘llaniladigan 
uskunalar
1
2
3
4
5

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə