56
gohning mashina bo‘limi ikki qismga ajratilgan bo‘lib, oldidagi qis-
mi isitiladi, orqadagi bo‘limi isitilmaydi.
Oldingi qismida moynasos
stansiyasi, gidroapparaturalar, suvni bakka haydovchi nasoslar, elek-
tr apparaturalar joylashtirilgan. Orqa qismi ikki vintli kompressorlar-
ni joylashtirishga xizmat qiladi.
Dastgohning orqa tomonida ikkita kabel barabani joylashtiril-
gan. Mashinist kabinasi dastgohning chap tomonida joylashtirilgan.
Kabinada
boshqaruv pulti, mashinist o‘rindig‘i, isitkich va nazorat-
o‘lchov asboblari joylashtirilgan. Operatorni shovqin ta’siridan saqlash
uchun kabina germetiklangan va vibratsiyaga to‘sqinlik qiluvchi mos-
lama bilan ham jihozlangan.
Dastgoh machtasiga asosiy uskunalar joylashtirilgan: burg‘i
snaryadi, zaxira shtangalar joylashtiriladigan kasseta,
uzatuvchi me-
xanizmning aylantirgichi, burg‘i snaryadini burab kirgizuvchi va
burab chiqaruvchi uskunalar, machtani yuqori qismida yuk ko‘ta-
rib-tushiruvchi elektr tal o‘rnatilgan. Aylantirgich o‘zgarmas elektr
tokida ishlaydigan dvigatel yordamida harakatlanadi.
Buruvchi mo-
ment shpindelga reduktor orqali uzatiladi.
Dastgoh gidrotizimi yordamida quyidagi operatsiyalarni baja-
radi: burg‘ilovchi snaryadni skvajina tubiga tushiradi; burg‘ilov-
chi snaryadni yig‘ish va ajratish, dolotoni almashtirish, dastgohni
(stanokni) gorizontallashtirish, machtani ko‘tarish
va tormoz qu-
rilmasini boshqarish. Dastgohni elektr energiyasi bilan ta’minlash
kabel barabani orqali karyer elektr tarmog‘idan amalga oshirila-
di, kuchlanish 380 V. Kabel turi КРШК, kesimi yuzasi 3
120–
1
35 mm
2
.
Burg‘ilash usullarini tasnifi sxemasida tog‘ jinslarining fizika
-
viy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda burg‘ilash usullarini
qo‘llash doirasi keltirilgan (1.13-jadval).
Qattiq, mahkam tog‘ jinslarida, asosan, zarbalovchi burg‘ilash
usuli qo‘llaniladi. Yumshoq jinslarda esa ularni tig‘li asbob bilan ke-
sib burg‘ilash usuli keng qo‘llaniladi.
Skvajina burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarni burg‘ilash
natija-
si yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun skvajina tubidagi ushalgan
jinslarni siqilgan havo yordamida chiqarib tashlash kerak. Hozirgi
davr dastgohlari har xil o‘lchamdagi skvajinalar burg‘ilashda sarf-
laydigan siqilgan havo miqdorini quyida keltiramiz: