V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Pitrali dolotoning tirgak sxemasi



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

 Pitrali dolotoning tirgak sxemasi.
Pitra sapfada erkin aylanadi. Shapfada yugurish yo‘lagi joylashti-
rilgan bo‘lib, unga rolikli va sharikli podshipniklar ham joylashtiri-
la di. Dolotoning pitralari kichik diametrli bo‘lsa, sirpanuvchi pod-
shipnikda sharikli qulfli qatori bilan birga aylanadi. Katta diametrli 
dolotoning pitrasida rolikli podshipnik o‘rnatish afzal hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan pitrali dolotoning tirgak sxemasi indeksga ega. Hiso-
bot shapfa asosidan (dolotoning tashqi qirrasidan) olib beriladi.
Sxemada: tirgak – США (1.17-rasm, 
а
) РШС (1.17-rasm, 
b
) va 
РШШ (1.17-rasm, 
d
) sirpanuvchi podshipnik – «C», sharikli podship-
nik – «Ш» va rolikli podshipnik – «P». Podshipniklarning doloto sap
-
fasida joylashish sxemalarining boshqa turlari ham ma’lum. Sharikli 
podshipnik dolotoda qulflovchi hisoblanadi. Qulf pitraning sapfa ichi
-
da ko‘ndalang harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Sanoatda uch pitrali dolotoning 13 xili ishlab chiqariladi. Har bir 
turdagi doloto ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lgan jinslarni burg‘ilash-
ga mo‘ljallangan.
Katta o‘lchamdagi doloto (diametri 300 mm va undan ham kat-
ta), odatda, yaxlit korpus bilan ishlab chiqariladi. Unga panja pitrasi 
payvandlanadi. Bunday dolotoni korpusli deyiladi. Kichik o‘lcham-
dagi dolotoga alohida panja payvandlanadi. Ular alohida korpusga 
ega emas, shuning uchun ularni korpussiz yoki seksiyali deb atala-
di. 1.16-jadvalda sanoatda ishlab chiqarilayotgan pitrali dolotolarning 
shifrlari keltirilgan. Tishli doloto yumshoq, o‘rtacha mahkamlikda-
gi va qattiq jinslarda burg‘ilash ishlari olib borishga mo‘ljallab ishlab 
chiqarilgan. Jinslarning mahkamligiga qarab pitralarning va tishlar - 
ning geometrik shakli o‘zgarishi mumkin. Dolotoning M va MC tur lari 
eng yumshoq sementatsiyalanadigan yoki ozgina sementatsiyalan gan 
jinslarda va muzlagan gruntda (


1–3) qo‘llanishga mo‘ljallangan.


68
1.16-jadval
Doloto
diametri,
mm
Pitrali doloto turlari
ГК
ГКЗ
К
OK
76


Ш-76К B-76K
Ш-76OК
93


4B-93K

97



B-97OK
112


Ш-112К
Ш-112OК
132


B-132K

140




145


Ш-145К
B-145OK 
Ш-145OК
151


3B-151K

161
B-151TK
1В-16ГКЗ
3B-151K

190
1K-190K
2K-190TK3
B-190K
1Р-190ОКП

1К-190ТКЗП
2K-190OK



2К-190КП
214
2K

214TK
1K-214K3
2K-214K
2K-214OK
1К-214КП


ЗК-214OКП
2К-214КП



243
2У-243ТК

2У-243К
Р-243КП
1У-243ГКП


ЗУ-243OКП
269
1У-269КГ

2У-269К
2У-269OКП
2У-269ТК

1AB-
269,9K 
269,9K
ЗН-269OКП

Р-320ОКП
295



У-295OКП
1У-295ТУ

IV-295K
Р-320ОКП
320



Ш-320ОКП 
У-320ОКП
C, C1 dolotolar va plastik hamda mo‘rtplastik jinslarda, mahkam-
lik koeffitsiyenti 


3–5 bo‘lgan jinslarda qo‘llaniladi. Chunki bu 
jinslarni yemirilib parchalash uchun katta solishtirma kuchlanish ta-
lab qilinadi. Shuning uchun ularni og‘irroq, balandligini esa kamroq 
va tig‘ burchagini 45–50° qilib ishlab chiqariladi.


69
Skvajinalarni kalibrlashtirishni yaxshilash uchun va doloto ning 
diametri bo‘yicha yemirilishini kamaytirish uchun chet atrofdagi 
tishlarga, bitta yoki ikkita pitraga Г yoki T ga o‘xshash shakl beri-
ladi. Pitra konusini orqa tomoni qattiq metall qotishmasi bilan pay-
vandlanadi.
Dolotoning «C3» turi konstruksiyasi bo‘yicha «C» turdagi dolo-
toga o‘xshash bo‘lsa ham ish quroli bilan farq qiladi: ularning pitrasi-
da frezerovka qilingan tishlar o‘rniga, qattiq metallar qotishmasidan 
yasalgan, ishchi organi ponasimon ko‘rinishda presslangan tishcha-
lar o‘rnatilgan. Bunday qurollantirilgan doloto o‘rtacha qattiqlikdagi 
abraziv jinslarda skvajinalar burg‘ilash imkonini beradi.
Dolotoning T turi abrazivligi nisbatan kam bo‘lgan, qayishib 
mo‘rt parchalanishi bilan xarakterlanadigan va mahkamlik koeffitsi
-
yenti 


6–8 bo‘lgan qattiq tub jinslarni burg‘ilashga mo‘ljallangan. 
Bunday jinslarni yemirib ushatish uchun doloto tishlarining zarbali 
ta’siri skvajina tubidagi jinsda minimal sirpanib, yemirib ushatadigan 
bo‘lishi zarur. Shuning uchun dolotoning «T» turini ishlab chiqarish-
da sapfa minimal qiyalik burchagiga (50–52°) ega bo‘lganining pit-
ralari bir konusli bo‘lib, ular doloto o‘q yo‘nalishida minimal surilib, 
skvajina tubida tishlar surilmaydigan bo‘lishi kerak. Tishlari og‘ir va 
mahkam, o‘tkirlik burchagi 50–60° bo‘ladi. Ba’zan tashqaridagi kes-
kichlar pitra tanasiga presslanib, shtirlar qattiq qotishma BK8Bdan 
yasaladi. Bunday dolotoni tishli-shtirli deyiladi. Mahkam jinslarni 
burg‘ilash uchun shtirli-pitrali doloto ishlab chiqariladi.
Dolotoning MCЗ turi konstruktiv o‘lchamlari bo‘yicha doloto-
ning MC turiga o‘xshash, lekin pitralarda quyma tishlar o‘rniga qat-
tiq metall qotishmasidan tayyorlangan tishlar presslanib o‘rnatiladi. U 
tishlar pona ko‘rinishidagi ishchi yuzasiga ega. Bularni abraziv, yum-
shoq, o‘rtacha qattiqlikdagi jinslarni burg‘ilashda ishlatiladi.
Dolotoning TЗ turi «T» turdagi dolotodan shu bilan farq qiladi-
ki, uning pitralari qattiq metall qotishmasidan tayyorlanadi, ishchi 
qismi ponasimon tishlar bilan jihozlangan. Bunday dolotolar abraziv 
jinslarda burg‘ilash ishlari olib borish uchun mo‘ljallangan.
Dolotoning «K» turi eng qattiq va mahkam abraziv jinslarni 
burg‘ilashda qo‘llaniladi. Dolotoni pitralari bir konusli, o‘zini-o‘zi 
tozalovchi tishlari bilan yarim sferik yuzali. Doloto ikki xil variantda 
ishlab chiqariladi: suv bilan burg‘ilash uchun yoki siqilgan havo kuchi 
bilan skvajinalarni puflatib tozalaydigan xillari.


70
Dolotoning ОКП turi (1.18-rasm) o‘ta qattiq mahkam tog‘ jinsla
-
rini burg‘ilash uchun mo‘ljallangan. Pitralar dolotoning «K» turiga 
nisbatan ko‘p miqdorda shtirlarga ega. Dolotoning diametri katta-
lashtirilganida, shtirlar diametri ham kattalashadi.
Burg‘ilab ishlash paytida OK turdagi dolotodan shtirlarni ko‘chib 
yoki uchib ketish holati К turdagi dolotoga nisbatan kamroq ro‘y be
-
radi. Pitra teskari konusining yassi ishchi qismiga qattiq qotishmalar-
dan yasalgan tishlar presslanib mahkamlanadi. Masalaning bunday 
hal qilinishi doloto diametrining uzoq vaqt saqlanish imkonini bera-
di. Skvajina tubiga siqilgan havo shu turdagi dolotolardagi markaziy 
kanal orqali yuboriladi. Siqilgan havoning bir qismi pitra tirgagi pod-
shipnigini yuvib tashqariga chiqaradi. Bunday texnikaviy yechim tir-
gakni sovitib, shlamning doloto podshipnigiga tushishidan saqlaydi. 
Dolotoning ТКП turi (1.18-rasm, b) tish va shtirlar quramasidan yasal-
gan. Uning tashqi sirt tomondagi pitralari qattiq qotishmadan yasal-
gan tishlar bilan qurollantirilgan, pitraning uchi va o‘rta pog‘onasi esa 
frezerlangan prizma shaklidagi po‘lat tishlar bilan jihozlangan.
1.18-rasm. 

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə