V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Shnekli shtanga.


65
1.15-jadval
Ko‘rsatkiclilari / dastgoh turi
СБР-2М
СБР-160
2СБР-125
Spiral bo‘yicha shnekning diametri, mm
155
155
120
Shtanganing ishchi uzunligi, mm
1785
8190
4200
Shtanganing to‘liq uzunligi, mm
1845
8250
4290
Spiral qadami, mm
105
120
96
Quvur o‘lchami, mm
76

7
70

10
55

8
Og‘irligi, kg
38
270
48
1.24-§. PITRALI DOLOTO
Pitrali doloto tog‘ jinslarini yemirib ushatuvchi asbob bo‘lib, kor-
pus va pitralardan tashkil topgan sapfada erkin aylanadi. Sapfa (o‘q 
yoki valning podshipnikda aylana-
digan qismi, bo‘yin) bilan doloto-
ning panjasi (changali) tugaydi 
(1.16-rasm).
Sharoshka dolotoning ijro-
chi qismi bo‘lib, konussimon po‘lat 
korpusdan iborat. Uning yuzasi-
da tishlari joylashtirilgan. U skva-
jina tubida aylanish natijasida o‘q 
yo‘nalishidagi kuchlanish ta’siri-
da doloto tagidagi jinslarga botib, 
ularni aylanish davomida yemirib 
boradi. Ushalib maydalangan tog‘ 
jinslarini skvajina tubidan siqil-
gan havo yordamida yoki skvaji-
nani yuvadigan eritma bilan chiqa-
rib tashlaydi.
Dolotoning yuqori qismi rez-
bali nippel bilan tugaydi, uning 
yordamida doloto burg‘i quvuri 
bilan tutashtiriladi. Burg‘ilovchi 
quvurning aylanishi natijasida do-
loto korpusi va pitrasi aylanadi. 
Bunda pitralarning aylanish chasto-
1.16-rasm. Pitrali dolotoning 
tuzilishi:
1
– rezbali nipel; 
2
siqilgan havo 
bilan puflash uchun kanal; 
3
– pan-
jasi (changali); 
4
– qattiq metall qo-
tishmasidan yasalgan teskari konusli 
shtir; 
5
– sapfa; 
6
– rolikli podship-
nik; 
7
– pitralari; 
8
– qulfli sharikli 
podshipnik; 
9
– asosiy konusli shtir.


66
tasi doloto aylanish chastotasiga nisbatan katta bo‘lib, doloto diamet-
ri asosiy pitra diametriga nisbatan qancha marta katta bo‘lsa, shun-
cha marta tez aylanadi. Tishlarida paydo bo‘ladigan kuch dolotoda 
hosil bo‘ladigan bosim va aylanish chastotasiga proporsional ravish-
da o‘zgaradi. Bu miqdor skvajina o‘qidan uzoq joylashgan tishlarda 
ko‘proq hosil bo‘ladi. Pitraning uchiga joylashgan tishlar zarbasiz re-
jimda ishlaydi va siljishi natijasida jinslarni ezib-yanchib, kesib yemi-
radi. Pitra konusining asosiga joylashgan tishlar eng ko‘p zarbalovchi 
energiya qabul qilib, jinslarni zarbalab-ushatib buzadi.
Pitralar legirlangan kam uglerodli konstruksion po‘latdan yasala-
di. Pitra yuzasining qattiqligini oshirish uchun chuqurligi 1,5– 2 mm 
gacha sementlanadi, so‘ng qattiqligi HRC 57–62 ga yetganidan so‘ng 
toblanadi, termik ishlov beriladi, so‘ng yon tamonlarni (qismini) siy-
qalab jilo beriladi, bu toblash vaqtida hosil bo‘lgan deformatsiyalan-
gan qismini olib tashlash imkonini beradi.
Doloto podshipniklari rolikli va sharikli (dumaloq) bo‘lib, zavod 
sharoitida 55CMA, 55CM54 va 50XH markali po‘latdan ishlanadi.
Doloto pitralar soniga qarab tasniflanadi. Ularning bir, ikki, uch, 
to‘rt va ko‘p pitrali turlari ma’lum Uch pitrali doloto eng ko‘p qo‘llani-
ladigan turiga kiradi, bularda statik va dinamik ishlar skvajina tubiga 
yaxshi, turg‘un mexanik tiralishida mahkamligi bilan uyg‘unlashtiril-
gan. Ko‘p pitrali doloto diametri katta (600 mm va undan ham katta) 
bo‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.
Dolotolar bir-biridan pitralarning tashqi geometrik tuzilishiga qa-
rab ham farqlanadi. Bir va ko‘p konusli pitrali, o‘z-o‘zini tozalovchi, 
o‘z-o‘zini tozalamaydigan turlari, o‘q yo‘nalishi o‘zgargan va o‘zgar-
magan xillari mavjud. Dolotoning o‘zi tozalaydigan turi qayishqoq, 
yopishqoq jinslarda ham yaxshi natija bilan ishlash imkoniga ega.
Qo‘llanish sharoitiga qarab dolotolar tishli, tish-shtirli va shtirli 
turlariga bo‘linadi. Tishli doloto skvajina tubidagi jinslarni yemiradi, 
po‘lat tishlar bilan pitra tanasiga infrezyorlangan shtirli doloto bilan 
yemirib-parchalaydi. Shtirlar qattiq metall aralashmasidan pitra ta-
nasiga presslab yoki payvandlab biriktiriladi. Tishli-shtirli dolo-
to qura ma (kombinatsiyalashtirilgan) asbob bo‘lib, uni shtir bilan
jihozlanadi. Shtirlarni jihozlash uchun sanoat ularning uch xili Г25, 
Г6, Г54 ni ishlab chiqaradi. Pitra konusining teskari tomonini jihoz-
lash va konus rezbalarining burg‘ilash jarayonida tez yemirilishidan 
saqlash uchun Г54 shakldagi shtir qo‘llaniladi.


67
1.17-rasm.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə