V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Ko‘mir keskichlari.


62
1.13-rasm. 
Jinslar keskichi.
Mahkam jinslarda shpurlar burg‘ilash uchun РП-42 rusumli 
kes kich ishlab chiqarilgan. Keskichning o‘tkirlangan burchagi 60°, 
oldingi teskari burchagi 10–20°. Keskich o‘qli yo‘nalishdagi kuchla-
nish 20 kN bo‘lganda qo‘llaniladi.
Istiqbolli РП–43 keskichi (1.13-rasm, e) mexanik burg‘ilash tez-
ligini 1,5–2 barobar oshirish, keskich sarflanishini esa 2–2,5 barobar 
kamaytirish imkonini beradi. Differensial keskich ham xuddi shun-
day ko‘rsatkichga ega.
Burg‘i shtangasi sifatida buraluvchan oltiburchakli va ayla-
na shakldagi turi qo‘llaniladi. Burg‘ilaydigan shtangani tayyorlash 
uchun rombsimon У7 po‘lat prokatidan foydalaniladi. Romb diago
-
nali bo‘yicha o‘lchami 18–36 mm, spiralining aylanish uzunligi qada-
mi 60–80 mm.
Shpurni suv bilan yuvib burg‘ilashda markaziy o‘q yo‘nalishi-
ga ega bo‘lgan kanalli burg‘ilaydigan shtanga qo‘llaniladi. БУЭ-1 
quril masida diametri 32 mm bo‘lgan shtanga qo‘llanilib, burg‘ilovchi 
mashinaning keskichi va shpindeli bilan konusli bog‘lovchiga ulanadi.
Keskich turlari 1.14-jadvalda berilgan.


63
1.14-jadval
Keskich 
turlari
Mashina yoki mexanizm
shpurlar burg‘ilash uchun
Qo‘llanish chegarasi
PMC-43
Qo‘lda ushlaydigan yoki 
kolonkali parmalarda
Kaliy tuzi va yumshoq jinslar, 


1–3
РУ-4М
РУ-6
БИ-525
Qo‘l parmasida
Ko‘mirning har qanday
mahkamligi va jinslar, 


1,5–3
РУ-13М
Qo‘l parmasi va kolonkali
parmalardan
Ko‘mirning hamma qattiqligi
va jinslar,


4–8
РП-7 
БИ-741В 
РБ-42-2 
РП-42
Kolonkali parma va burg‘ilov-
chi karetada
Kolonkali elektr parma va 
burg‘ilovchi karetalarda
jinslar,


4–8 
jinslar,


8–12
Keskichning sarflanishi burg‘ilanayotgan ko‘mir yoki jinslar-
ning xususiyatlariga bog‘liq. Burg‘ilash uchun yaxshi o‘tkirlangan 
keskichni qo‘llash kerak. O‘tmas bo‘lib qolgan keskichni qo‘lla-
nish o‘q yo‘nalishidagi zo‘riqishni orttiradi, bu esa elektr energiyani 
odatdagidan ko‘proq sarflanishiga olib keladi. Keskichlarni charx
-
lab o‘tkirlanganda suvga solib sovitish mumkin emas, chunki bu qat-
tiq qotishma plastinasida darzlik paydo bo‘lishiga olib keladi. Kat-
ta diametrli keskichdan keyingi kichik diametrli keskichning bo‘lishi 
muhim ahamiyatga ega. Aks holda shpindelni teskari aylantirilganda 
keskichning kesuvchi qirrasi sinib ketishi mumkin. Keskichlar turini 
1.14-jadvalga muvofiq tanlash tavsiya etiladi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə