V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Shaxta burg‘ilash qurilmasi



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Shaxta burg‘ilash qurilmasi:
1
yuradigan qismi
2
– yuradigan qismining yuritkichi; 
3
– gidrotizimi;
4
– boshqarish tizimi; 
5
– pozitsioner; 
6
manipulator
7
– burg‘ilovchi mashina.


38
Lahim tagidan kichik burchak bilan shpur burg‘ilashda uning 
to‘g‘ri joylashtirilishi ham katta ahamiyatga ega. Shpurlarning lahim 
tagi tekis bo‘lmasa, o‘ziyurar mashinalarni ishlatishga teskari ta’sir 
etib, uning shinalarining tez yemirilishiga sabab bo‘ladi.
Ankerli mustahkamlagichlar uchun va lahim devorida ham
radial – frontal turdagi burg‘ilash qurilmasi bilan shpurlar burg‘ilana-
di. Bunda shpurlar lahimning yo‘nalish o‘qiga perpendikular burg‘ila-
nadi. Shuning uchun avtouzatkichni gidrosilindr yordamida 90° 
aylantirib buriladi. Ba’zan avtouzatkich lahim balandligi bo‘yicha 
sig‘maydi. Bunday holatda teleskopli uzatkichdan foydalaniladi. 
Shtanga uchun kalta burg‘i ishlatiladi. Bulardan tashqari, maxsus qu-
rilma yordamida burg‘ilash va shtangalarni o‘rnatish mumkin. Quril-
ma lahimlar o‘tish kompleksi tarkibiga kiradi.
O‘ziyurar shaxta burg‘ilash qurilmasi rudalarni tozalab qazib 
olishda ham shpurlar burg‘ilashda qo‘llaniladi. Bunday mashinalar 
ustunli kamera usulida qazib olish va bo‘shliqni toidirib qazib olish 
tizimlari qo‘llanilganda ma’lum samaradorlik bilan ishlaydi. Kavjoy 
balandligi bunda 2–8 m bo‘lishi mumkin; chet mamlakatlarda amali-
yotda minorali burg‘ilash qurilmasidan foydalaniladi, kavjoy baland-
ligi esa 12 m ga qadar yetishi mumkin.
1.11-§. SHAXTADA ISHLAYDIGAN BURG‘ILASH 
QURILMALARINI TAKOMILLASHTIRISH
O‘ziyurar shaxta burg‘ilash qurilmasi hamda shpur va skvaji-
nalar burg‘ilash uchun qo‘llaniladigan yer osti burg‘i dastgohlari aso-
siy konchilik uskunalari deb qabul qilingan. Bu turdagi uskunalarni
yoppasiga qo‘llanish konchilik ishlarining rivojlanishiga olib keldi. 
Bu tur mashinalarni qo‘llanishining afzalligi: burg‘ilash ishi unum-
dorligini anchagina oshirishi, yuqori manyovrchanligi, burg‘ilash ja-
rayonlarini avtomatlashtirish imkonining mavjudligi, kam jismoniy 
mehnat sarflanishi, vibratsiya (qaltiroq) va shovqindan saqlanish im
-
koniyatining mavjudligi.
Asosiy kamchiligi – uskunalar narxining qimmatligi, yuqori ka-
pital xarajatlar talab qilinishidir.
1910-yilga qadar burg‘ilash asosan qo‘l kuchi bilan bajarilgan 
bo‘lsa, so‘ng 1839-yildagi nusxaga muvofiq ishlab chiqarilgan pnevma
-
tik perforatorlar qo‘llanila boshlagan. 1930-yilga kelib pnevma-


39
tik qo‘lda ko‘chiriluvchi perforatorlar yoppasiga qo‘llanila boshladi. 
Bu ixtiro hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Qo‘lda 
ko‘chiriluvchi perforatorlar quvvati 0,5 dan 2 kW gacha oshirildi. 
Qo‘lda ko‘chiriluvchi perforatorlarning ish unumdorligi granitda bir 
smenada 66 shpurometrga yetdi. Perforatorda burg‘ilashda qo‘l kuchi 
bilan burg‘ilashga nisbatan mehnat unumdorligi 66 barobarga ortdi. 
1930-yillarda relsda g‘ildirak bilan harakatlanadigan o‘ziyurar quril-
ma paydo bo‘lganidan so‘ng, unga perforator gelikoidal juftligi bilan, 
manipulatorlari, qo‘lda aylantiradigan yuritkich tizimi bilan o‘rnatib 
ishlatila boshladi. Bunday qurilma qo‘lda ko‘chiruvchi pnevmouzat-
kichli qurilma bilan raqobatlasha olmas edi. Uning vaqt bo‘yicha foy-
dalanish koeffitsiyenti ancha past. Bundan tashqari, gelikoidal juft
-
likli perforatorning burish momenti juda kichik bo‘lganligi uchun 
uzatuvchi qurilma ramasining holati ozgina o‘zgarsa ham burg‘i as-
bobi shpurda aylana olmay tiqilib qolar edi.
Gidromanipulatorlarning paydo bo‘lishi avtouzatkichga o‘rnatish 
va ishchi holatiga keltirishga ketadigan vaqtni keskin qisqartirish im-
konini yaratdi.
Burg‘ilash texnikasining bundan keyingi rivojlanishi gidravlik 
perforatorlar qo‘llanishini rivojlantirishga bog‘liq, burg‘i uskunasi-
ning bu turi barcha burg‘ilash jarayonlarini mexanizatsiyalash va 
avtomalashtirish imkonini beradi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə