V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Aylanmali-zarbali burg‘ilash usuli



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

Aylanmali-zarbali burg‘ilash usuli.
Bunday burg‘ilashda 
jinslarni parchalovchi asbobi aylanma-zarbali ta’sir etadigan dast-
gohlar keyingi 20 yil davomida paydo bo‘ldi va takomillashdi. Dast-
goh o‘q yo‘nalishi bo‘yicha yuqori kuchlanish hosil qilish zarurati 
vujudga kelganligi sababli yaratilgan bo‘lib, og‘irligi katta va narxi 
yuqoridir. Bunday dastgoh bilan burg‘ilash g‘ildirakli yoki o‘rmalov-
chi qurilmada amalga oshiriladi. Bunda dastgohda skvajina diamet-
ri 40–63 mm, chuqurligi 4 m bo‘lgan shpurlar burg‘ilanadi. Burg‘ila-
nadigan shpurlar chuqurligi burg‘i uzatuvchining uzunligiga qarab 
belgilanadi, chunki burg‘ilash ishi butun shtanga bilangina bajariladi.
Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi dastgoh-mashi-
na mahkamlik koeffitsiyenti 

= 6 – 12 bo‘lgan jinslarni burg‘ilashda 
maq sadga muvofiq bo‘ladi.


22
Zarbali-aylanma burg‘ilash usuli. 
Bunday burg‘ilashda tog‘ 
jinslarini yemirib ushatuvchi asbobning zarbalab aylanma haraka-
tidan shpur yoki skvajina tubidagi jinslar uvalanadi.
Yer osti sharoitida rudalarni chuqur skvajina usuli bilan qo‘po-
rib olishda chuqurligi 50 m gacha, diametri 85–160 mm bo‘lgan skva-
jinalar burg‘ilanadi. Bunday skvajinalarni burg‘ilovchi dastgohning 
botiruvchi-pnevmozarba beruvchi asbobi bilan burg‘ilanadi. Dast-
goh aylanma harakatlanuvchi mexanizm va pnevmozarbalovchi as-
bobdan iborat bo‘lib, skvajinaga shtanga vositasida uzatiladi. Zarba - 
lab burg‘ilash katta zarbali kuchlanish talab qilmasligi sababli, bunday 
dastgohlarning og‘irligi ham katta emas. Dactgohning tayyorlanishi 
oddiy, ishlatishga qulay. Bular diametri 85–125 mm bo‘lgan skvaji-
nalarni burg‘ilashda keng qo‘llaniladi.
Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda keng 
qo‘llaniladigan dastgoh bo‘lib, zarbalab-aylanma harakati bilan 
jinslarga ta’sir etadi, mahkamlik koeffitsiyenti 

= 10 – 20 bo‘lgan jins-
larda diametri 105–160 mm, chuqurligi 40 m gacha bo‘lgan skvajina 
burg‘ilaydi. Dastgoh o‘zining botib boruvchi zarbalovchi-aylanma as-
bobi bilan g‘ildirakli yoki o‘rmalovchi qurilmaga o‘rnatiladi.
Zarbalab-aylanma kuch ta’sirida ishlaydigan dastgoh-mashina 
qatoriga quvvatli kolonkali perforatorlarning burg‘i asbobi mustaqil 
ishlashga moslangan turi kiradi. Bunday perforatorlar bilan chuqur
burg‘ilanib portlatiladigan skvajinalar burg‘ilanadi. Skvajina dia-
metri 46–85 mm, chuqurligi 30 m ga yetadi. Jinslarning mahkam-
lik koeffitsiyenti 
f
= 6 – 20 bo‘lganda ham yuqori unumdorlik bilan 
burg‘ilaydi.
Kolonkali perforatorlar g‘ildirakli yoki harakatlanuvchi qurilma-
ga o‘rnatiladi.

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə