Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I I BOB.  SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

I I BOB. 
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
76
Voznyak hamda shu sohada ko‘zga ko‘ringan 3000 nafar olimlar tomonidan 
avtonom ravishda harakatlanuvchi qurollarni ishlab chiqarish, ulardan 
foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ochiq xat imzolandi. 
2016-yilda inson ko‘rinishidagi Sofiya ismli robot yaratildi. Boshqa 
gumanoidlardan farqli ravishda, Sofiya ko‘rish (tasvirlarni taniy olish), yuz 
mimikasi va insonlar bilan mustaqil muloqot o‘rnata olish imkoniyatlariga 
ega edi. 
2017–2020-yillarda Google, Alibaba, Samsung, Facebook kabi yirik 
kompaniyalar o‘z dasturlarida sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi. Bu esa insonlar 
uchun yanada qulay xizmatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Bugungi kunda sun’iy intellektga asoslangan yordamchi vazifasini bajaruvchi ko‘p funksiyali 
chatbotlar yangi avlodi, jamiyat hayotida qashshoqlikni bartaraf etuvchi ekspert tizimlari, 
davlat boshqaruvi sohasida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga yordam beruvchi 
tizimlarning yaratilishi; tabiiy tilni qayta ishlovchi vositalar hamda mashinalarni o‘qitishda 
avtomatlashgan tizimlarning yanada rivojlanishi, avtomobil sanoatida o‘zini-o‘zi boshqaruvchi 
avtomobillarning yanada takomillashishi hamda kvant kompyuterlarining ishlab chiqarilishi 
kutilmoqda.
Sun’iy intellektga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz lozim?
Masalan, eng yirik Internet-do‘kon hisoblanmish Amazon bizga 
mahsulotlarni tavsiya qilishdan avval bizning xarid qilish salohiyatimiz 
to‘g‘risida ma‘lumot to‘playdi, bizning kim ekanligimizni, nimalarni 
yoqtirishimizni aniqlab oladi. So‘ngra bizga yoqadigan mahsulot yoki 
xizmatlarni tavsiya etadi. Bunda barcha jarayonlar sun’iy intellekt 
texnologiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa sotuv hajmini 
oshirishga yordam beradi. Sun’iy intellektning oldindan taxmin qilish qobiliyati matematik 
tahlil, matritsa nazariyasi, regressiv tahlil va vaqt qatorlarini tahlil qilish kabi matematik 
usullarga asoslanadi. Bu usullar orqali o‘tgan zamon xatti-harakatlari asosida kelgusida 
qanday xaridlar amalga oshirilishi taxmin qilinadi. 
Sun’iy intellekt biz tushunadigan nazariya va protseduralar asosida qurilgan texnologiya 
hisoblanadi. U sehr yoki jodu emas, balki ma‘lumotlarga ishlov berish qobiliyatiga 
asoslangan matematik algoritmlar to‘plamini hayotga tatbiq etish jarayonidir. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə