Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

 TTS (text-to-speech)
– matnli axborotlarni nutqiy (ovozli) axborot ko‘rinishiga 
o‘tkazuvchi texnologiya.
STT (speech-to-text)
– nutq (ovoz) ko‘rinishidagi axborotni matn ko‘rinishiga 
o‘tkazuvchi texnologiya.
Texnologik taraqqiyot va insoniyat ehtiyojlarining umumiy talabi sun’iy aqlning hayotimizning 
barcha sohalariga kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. U inson aqlining muqobili sifatida 
ko‘rilmoqda va tibbiyot, iqtisod, ta‘lim kabi ko‘plab sohalarning rivojlanishida asosiy rol 
o‘ynamoqda. Ma‘lumki, Facebook, Google, YouTube, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar yoki 
Amazon, Alibaba kabi Internet do‘konlari ham sun’iy intellektdan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar 
har bir foydalanuvchi tashqi qiyofasini taniy olishi, uning qiziqishlarini tahlil qila olishi sababli 
turli xizmatlarni taklif qilishi mumkin. Sun’iy intellektdan Internet xizmatlaridan tashqari davlat 
tashkilotlarida foydalanish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, sun’iy intellekt usullari moliya 
sohasida qaysi operatsiyalarda firibgarlik bo‘lishi mumkinligini aniqlashda, tezkor va aniq 
kredit qarorlarini qabul qilishda, shuningdek, ma‘lumotlarni boshqarish bo‘yicha vazifalarni 
avtomatlashtirishda yordam bermoqda.
Sun’iy intellektni puxta o‘rganish natijasida har bir shaxs kelajakda o‘z kasbida undan samarali 
foydalanish, uning imkoniyatlarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


11-DARS
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
73
Sun’iy intellekt (SI)
– tashqi ma‘lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni o‘rganish va 
turli vaziyatlarga moslashish orqali aniq maqsad va vazifalarga erishishda ushbu 
ma’lumotlardan foydalana olish qobiliyatiga ega tizimi. Sun’iy intellekt mashinalarga 
inson intellektual xulq-atvori va fikrlash qobiliyatiga taqlid qilish imkoniyatini taqdim etadi. 
Demak, sun’iy intellekt mashinalar ham inson kabi aqlli bo‘lishiga yordam beradi. Ammo 
taraqqiyot to‘xtab turmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Shunday ekan, vaqt o‘tishi bilan 
sun’iy intellekt bajarishi mumkin bo‘lgan ishlar ko‘lamining kengayishi natijasida unga 
nisbatan qo‘llaniladigan ta‘rif ham muttasil o‘zgarib turishi mumkin. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə