Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS BIG DATA VA DATA MINING



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
69
Data Mining 
– katta ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularning o‘xshash va 
umumiy xususiyatlarini topish orqali yangi axborotlarni yaratish jarayoni. U katta ma’lumotlar 
to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni saralashga, shu tariqa to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam 
beradi. Data Mining sun’iy intellekt va mashinani o‘qitish imkoniyatlaridan foydalangan holda 
yanada rivojlanmoqda. 
Data Miningni amalga oshirish jarayoni
Data Mining quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni ajratish;

ma’lumotlardan o‘xshash va umumiy xususiyatlilarni saralash;

saralangan ma’lumotlar asosida foydali axborotlarni yaratish.
Ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni ajratish
Odatda, ma’lumotlar bazasi o‘zida katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlaydi (masalan, dunyo 
mamlakatlari haqidagi ma’lumotlar saqlanadigan BMT ma’lumotlar bazasi). Foydalanuvchiga 
esa kerakli so‘rovlarni amalga oshirish uchun ma’lumotlarning ma’lum bir qismi yetarli. Katta 
ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni ajratish esa ish jarayonini osonlashtiradi.
Kerakli ma’lumotlarni ajratish uchun quyidagi savollarga javob topish lozim:

Qaysi jadvallardan foydalanish kerak?

Qaysi maydonlarni ajratib olish kerak?

Qanday so‘rovlarni yaratish kerak?
Ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlar ajratilganidan so‘ng keyingi bosqichga o‘tiladi.
Ma’lumotlardan o‘xshash va umumiy xususiyatlilarni saralash
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda oddiy so‘rovlar samarali natijalarga olib 
kelmasligi mumkin. Shu sababli qo‘shimcha vositalar asosida murakkab so‘rovlar yaratish 
va ma’lumotlarni tahlil qilish lozim. Tahlil esa ma’lumotlar orasidan o‘xshash va umumiy 
xususiyatga egalarini topib beradi. Bu, o‘z navbatida, maqbulroq qaror qabul qilish va samarali 
strategiyalarni ishlab chiqish uchun yangi ma’lumotlarni taqdim etadi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə