Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-dars. BIG DATA VA DATA MINING



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

10-dars. BIG DATA VA DATA MINING
BILASIZMI?


10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
67
Big Data
– vaqt o‘tgan sayin o‘sib boruvchi katta 
ma’lumotlar to‘plami. U o‘zida ma’lumotlar ustida amallar 
bajarishga yo‘naltirilgan texnik va dasturiy vositalarni 
jamlaydi. An’anaviy ma’lumotlar bazasidan farqli ravishda
Big Data katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta 
ishlash va uzatish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu esa 
ma’lumotlarni samarali tahlil qilish orqali kerakli axborotni 
qo‘lga kiritishga yordam beradi. Big Datani yaxshiroq tushunish uchun uning tur va 
xususiyatlarini yaxshi bilishimiz lozim.
Big Data 3 ta asosiy turga bo‘linadi:

1) tuzilmalashtirilgan;

2) tuzilmalashtirilmagan;

3) yarim tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilgan Big Data
– aniq formatda qayta ishlanishi, saqlanishi va olinishi 
mumkin bo‘lgan katta ma’lumotlar to‘plami. U oddiy jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar 
bo‘lishi mumkin. Ya’ni bunda ma’lumotlar oldindan tartibli ravishda tuzilgan bo‘ladi. Bunga 
misol tariqasida maktab o‘quvchilari haqidagi elektron jadvalni keltirish mumkin. 
Tuzilmalashtirilmagan Big Data 
– aniq shakl yoki tuzilishga ega bo‘lmagan katta 
hajmdagi ma’lumotlar to‘plami. Misol tariqasida elektron pochta manziliga kelayotgan 
xabarlarni keltirish mumkin. Pochtaga kelgan ma’lumotlar tartibsiz, turli fayl formatlarida 
(matn, audio, video, tasvir, hujjat) bo‘ladi. Tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni qayta 
ishlash yoki tahlil qilish qiyin va ko‘p vaqtni talab etadi.
Yarim tuzilmalashtirilgan Big Data 
– bir vaqtning o‘zida tuzilmalashtirilgan va 
tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan katta ma’lumotlar to‘plami. 
Big Dataning xususiyatlari 
Big Data 5 ta asosiy xususiyati orqali oddiy ma’lumotlar bazasidan ajralib turadi.
1. Hajm
Big Data o‘zida katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlashi va ularni boshqarishi mumkin. 
An’anaviy MBBT vositalari esa katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olmaydi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə