Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

DIQQAT!


I BOB. 
BIG DATA VA DATA MINING
68
Data Mining
Raqamli texnologiylarning rivolanishi va katta hajmdagi axborotlarning paydo 
bo‘lishi ulardan samarali foydalanish zaruratini yuzaga keltirdi. Masalan, 
biznes sohasining rivojlanishi mavjud ma’lumotlar tahlili va ehtimoliy bashorat 
bilan uzviy bog‘liqlikni kashf etdi. Ya’ni ma’lumotlarning noto‘g‘ri tahlil va bashorat qilinishi 
bugungi axborotlashgan davrda juda katta talafotga olib kelishi mumkin. Bu jarayonlarni to‘g‘ri 
tashkil etish uchun Data Miningdan foydalaniladi.
2. Tezlik
An’anaviy ma’lumotlar bazasidan farqli ravishda Big Datada ma’lumotlar hajmi juda tez 
sur’atlarda o‘sadi. 
3. Xilma-xillik
Big Datada ma’lumotlar to‘plami turli xil ma’lumotlardan tashkil topadi. Masalan, matn, 
rasm, video, veb-sahifalar va boshqalar. Shu bilan birga, ma’lumotlarni olish manbalari ham 
turlichadir. 
4. Aniqlik
Big Datada ma’lumotlarni yig‘ish va saqlashda e’tibor aniqlikka qaratiladi. Ma’lumotlarning 
aniqligi uning to‘g‘ri va haqqoniyligini belgilovchi asosiy omildir. Agar ma’lumotlar aniq 
bo‘lmasa, keyinchalik katta muammolar kelib chiqishi mumkin.
5. Qiymat
Big Datadagi ma’lumotlar qiymatli bo‘lishi lozim. Bu keyinchalik ma’lumotlarni qayta ishlash 
natijasida kerakli axborotlarning taqdim etilishiga olib keladi. Qiymatli ma’lumotlar jarayonlarni 
oldindan bashorat qilish imkoniyatini taqdim etadi. To‘plangan ma’lumotlar qiymatli bo‘lishi 
uchun so‘rovlar berish va tahlil qilish jarayonlari oldindan loyihalashtirilishi lozim.
Big Data bilan ishlashga yordam beruvchi ko‘plab dasturiy vositalar yaratilgan. Bularga 
Xplenty, Adverity, Apache Hadoop, Cassandra kabilarni misol keltirish mumkin. Bu 
dasturlarning umumiy vazifasi katta hajmdagi axborotlarni to‘plash, ularni saralash va 
foydalanuvchilarga taqdim etishdan iborat. Big Data dasturiy vositalari, asosan, bulutli 
saqlash tizimlaridan foydalanadi. 
Big Data ta’lim, iqtisod, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarning rivojlanishini belgilovchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə