Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

TAYANCH TUSHUNCHALAR


11-DARS
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
77
Google kompaniyasi ham o‘zi ishlab chiqqan dasturlarda sun’iy intellekt 
texnologiyalarini keng qo‘llamoqda. Xususan, Google Translate universal 
tarjimon tizimi hisoblanadi. Unda matnli, nutqli, faylli tarjima usullari hamda 
axborotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tkazishga yordam beruvchi 
TTS (Text-to-seech), STT (Speech-to-text) sun’iy intellekt usullari qo‘llaniladi. 
Biz sun’iy intellekt bilan hamnafas yashamoqdamiz. Hozirda mavjud ovozni aniqlash, 
avtomatik qidirish, aqliy o‘girish kabi jarayonlar kelgusida sun’iy intellekt hayotimiz va 
faoliyatimizga yanada teran kirib kelishini anglatadi. Shunday ekan, sun’iy intellektdan to‘g‘ri 
foydalanish uchun uning qanday ishlashini puxta tushunib yetishimiz zarur. 
Demak, sun’iy intellekt insoniyat ehtiyojlariga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi hamda inson 
tafakkuri darajasida bilimli saviyada yaratilishi lozim. Bunday natija kelajakda inson va 
texnologiya munosabatlarining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.
1. Sun’iy intellektdan nima maqsadda foydalanamiz?
2. Qanday sohalarda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda? 
3. Alan Tyuring sun’iy intellekt sohasida qanday muammoni e’tirof etgan?
4. Sun’iy intellekt inson kabi fikrlay olishi mumkinmi? 
5. Ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellektning qanday unsurlari bilan tanishgansiz? Misollar 
keltiring.
AMALIY FAOLIYAT
Google translate dasturidan foydalanish
1-qadam. 
Google Translate dasturini ishga tushiring. Dastur 
oynasidagi tugmachalar vazifalari: 
1) tarjima qilinishi lozim bo‘lgan matn tilini tanlash tugmachasi 
(1). 
Masalan, o‘zbek tili; 
2) kiritilgan matnni tarjima qiladigan til turini tanlash tugmachasi 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə