Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

Biometrik xaritalash
inson yuzini uning peshonasi, qoshlari, ko‘zlari, burni (va uning 
kengligi), og‘iz va iyaklar joylashuvi asosida xaritalovchi maxsus algoritm.
Kubit 
– kvant hisoblashlaridagi qiymatlarni kompyuterda aks ettiruvchi axborot o‘lchov 
birligi. Kubit bir vaqtning o‘zida 2 bitni ham ifodalash imkoniyatiga ega.
Sun’iy neyron tarmoqlari
– murakkab ma’lumotlarni inson miyasiga taqlid qilgan holda 
tahlil qiluvchi, texnik va dasturiy ta’minotga ega matematik model. 
Provayder 
– biror sohada xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki korxona. Masalan, Internet 
provayderi deganda,Internet bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar nazarda 
tutiladi.
Sun’iy intellekt hozir jadal rivojlanish bosqichida turibdi. Shunday ekan, yaqin kelajakda inson 
hayotida katta o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy. Biz esa bu o‘zgarishlarni oldindan anglagan 
holda mazkur sohani puxta o‘rganishimiz va kelgusida o‘z kasbiy faoliyatimizda undan to‘g‘ri 
va samarali foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishimiz lozim. Sun’iy intellektni teran anglab 
yetishimiz uchun uning xususiyatlarini yaxshi bilishimiz zarur. 
12-dars. SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR


12-DARS
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
81
Sun’iy intellektning xususiyatlari to‘laqonli sun’iy intellekt imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi 
asosiy omil hisoblanadi. Bugungi kunda sun’iy intellekt qo‘llanilayotgan sohalarda uning 
ma‘lum bir xususiyatlarigina qo‘llanilmoqda.
1. Sun’iy intellekt qanday xususiyatlarga ega?
2. Sun’iy intellekt xususiyatlari uning taraqqiyotini qay darajada belgilab bermoqda?
1. Chuqur o‘rganish.
Sun’iy intellekt vositalari inson tabiiy qobiliyatini 
o‘zida namoyon qila olish darajasida o‘rganishi, shu orqali rivojlanish 
xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. SIning chuqur o‘rganish xususiyati o‘zini 
o‘zi boshqaruvchi avtomobillarda, yuzni tanish, matn ko‘rinishidagi 
axborotlarni avtomatik yaratish kabi sohalarda samarali qo‘llanilmoqda 
hamda uning turli sohalardagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Masalan, “Tesla” (autopilot) 
kabi avtomashinalarda o‘zini o‘zi boshqarish texnologiyasiga asoslangan chuqur o‘rganish 
xususiyati to‘xtash belgisini tanib olish yoki piyodalarni aniqlash imkoniyatini taqdim etadi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə