Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Tabiiy tilni qayta ishlash



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

Tabiiy tilni qayta ishlash
yaratilayotgan mashinalarga inson tabiiy tilini tushunish hamda 
inson tilida javob berish qobiliyatini taqdim etuvchi sun’iy intellektning muhim tarmog‘i 
hisoblanadi. Tasavvur qiling, kompyuter sizning gaplaringizni eshitish va unga mustaqil 
javob berish imkoniyatlariga ega. Bunda siz o‘z ovozingizda 
mashinaga buyruq berasiz, mashina esa bu sizning ovozingiz 
ekanligiga ishonch hosil qilgach, sizga javob qaytaradi yoki siz 
bergan topshiriqni bajaradi. Tabiiy tilni qayta ishlash yozilgan 
matn, audiofayl yoki inson ovozini to‘gridan to‘g‘ri qabul qilish 
orqali amalga oshirilishi mumkin. Tabiiy tilni qayta ishlash 
texnologiyalaridan Twitter o‘z tvitlarida terroristik faoliyatga 
taalluqli ovozli ma’lumotlarni filtrlashda foydalanadi. Onlayn savdo giganti Amazon ham bu 
texnologiyadan mijozlar sharhlarini tushunish orqali ularga yanada sifatliroq xizmat ko‘rsatish 
yo‘lida foydalanib keladi.
Robototexnika
sun’iy intellektning insonlar kabi ko‘rinishga ega robotlarni yaratish bilan 
shug‘ullanuvchi tarmog‘i hisoblanadi. Robotlar konstruksiyasi, ya’ni ular qismlarini harakatga 
keltirish va ularga muayyan vazifalarni yuklash sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda robotlar ofitsiant, oshpaz, uchuvchi, hatto yaqin sirdosh vazifalarini bajara 
oladi.


I I BOB. 
SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI
90
Sofiya Xanson Robotics Gonkong tomonidan 
2016-yilda taqdim etilgan. Sofiya nutqni tanib olish va 
javob qaytarishda TTS texnologiyasidan foydalanadi. 
U odamlar bilan oddiy muloqotda bo‘lishi hamda inson 
mimikalariga taqlid qilishi mumkin.
Surena IV roboti 2019-yilda Eronda ishlab chiqarilgan. 
Mazkur gumanoid-robot odam kabi yurishni, o‘z ismini 
doskaga yozishni, qo‘li bilan qandaydir buyumni turgan 
joyidan olishni qoyilmaqom uddalay oladi.
Asimo 2000-yilda Yaponiyaning Honda kompaniyasi 
tomonidan yaratilgan ilk gumanoid-robotlardan biri 
hisoblanadi. Asimo odamga hamrohlik qilishi yoki uning 
bilan birga raqsga tushishi mumkin.
UBTECH Walker gumanoidi 2018-yil Xitoyda ishlab 
chiqarilgan. Walker raqsga tushishi, pianino chalishi, 
ofitsiantlik qilishi, taom tayyorlashi mumkin.
Hubo 2 roboti 2009-yilda Janubiy Koreyada ishlab 
chiqarilgan. Hubo 2 yurish, yugurish, raqsga tushish va 
obyektlarni ushlay olish funksiyalarini bajara oladigan 
gumanoid hisoblanadi.
Atlas roboti noqulay tekisliklarda yurish, to‘siqlardan 
oshib o‘tish, yiqilganda mustaqil turish imkoniyatlariga 
ega. Atlas 2015-yilda AQSHning Boston Dynamics 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yil sayin 
takomillashtirilib borilmoqda.
T-HR3 roboti Yaponiyaning Toyota kompaniyasi 
tomonidan 2017-yilda ishlab chiqarilgan. U mustaqil 
yurish, raqsga tushish, vizual holatda inson 
harakatlariga taqlid qilish imkoniyatlariga ega. Toyota 
kompaniyasi asosiy e’tiborni robotlarning aqliy 
salohiyatiga qaratmoqda.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə