Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


O‘rganilish sohasiga ko‘ra, sun’iy intellekt 3 turga bo‘linadi



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

O‘rganilish sohasiga ko‘ra, sun’iy intellekt 3 turga bo‘linadi:
1) tor sun’iy intellekt;
2) umumiy sun’iy intellekt;
3) super sun’iy intellekt.
O‘z-o‘zini anglash 
sun’iy intellektning inson miyasiga juda 
yaqin turi bo‘lib, u mustaqil o‘rganish orqali rivojlanadi. Turning 
imkoniyatlari nazariy jihatdan taxmin qilingan. O‘z-o‘zini anglash 
sun’iy intellektining yaratilishi inson aqliy darajasidan qisqa vaqt 
davomida o‘zib ketuvchi sun’iy tizimlarning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Bu jarayonlarning hayotga tatbiq etilishiga esa bir necha o‘n 
yillar, hatto asrlar talab etilishi mumkin. Insondan farq qilmaydigan robotlar o‘z-o‘zini anglash 
xususiyatiga ega sun’iy intellekt asosida yaratiladi. Sun’iy intellektning bu turi insoniyat 
sivilizatsiyasining rivojlanishiga yoki uning falokatiga sababchi bo‘lishi mumkin. Shu boisdan 
ham yaratilayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari va inson o‘rtasidagi munosabatlarning to‘g‘ri 
shakllantirilishi bashariyat oldidagi ustuvor vazifa sanaladi. 
Tor sun’iy intellekt 
– sun’iy intellektning faqat belgilangan vazifalarni bajara oladigan 
mashinalarini o‘z ichiga olgan turi. Bu turda mashina hech qanday fikrlash qobiliyatiga ega 
bo‘lmaydi, faqat oldindan belgilangan funksiyalar to‘plaminigina bajaradi. Sun’iy intellektning 
bu turiga Alisa, AlphaGo, Sofiya gumanoidlarini misol keltirishimiz mumkin.
Umumiy sun’iy intellekt 
sun’iy intellekt
 
evolyutsiyasining keyingi bosqichi bo‘lib, unda 
mashinalar xuddi odamlar kabi fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu 
turdagi sun’iy intellekt hali mavjud emas. Ammo soha olimlari tomonidan tez orada inson 
kelayotgan barcha sun’iy intellekt tizimlarini shu turga misol keltirishimiz mumkin. Jumladan, 
nutqni aniqlash, tasvirlarni tanib olish texnologiyalari, chatbotlar, virtual yordamchilar, 
universal tarjima texnologiyalari va o‘zini o‘zi boshqaruvchi transport vositalari mana shu 
turga mansub. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə