Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

13-DARS
SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI
91
Bulaniq mantiq
aniq bilim yoki ko‘rsatma bo‘lmagan vaqtda inson kabi 
mulohaza yuritib, ma’lum bir masalani hal etuvchi sun’iy intellekt tarmog‘i 
hisoblanadi. Uning ishlash prinsipi cheklangan bilimga asoslangan holda 
ma’lum bir vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan. Bulaniq mantiq tibbiyot 
sohasida qaror qabul qilishni o‘z ichiga olgan murakkab muammolarni 
hal qilishda ishlatiladi. Ular, shuningdek, avtomat uzatmalar qutisi, avtotransport muhitini 
boshqarish va hokazolarda qo‘llaniladi. 
1. Reaktiv mashinalar turiga IBM Deep Bluedan boshqa misollar keltiring.
2. Sun’iy intellektning xotira imkoniyatlari qaysi turlarda muhim sanaladi? Nima 
sababdan?
3. Sun’iy intellektning aql nazariyasi turi inson aqliga qanchalik yaqin?
4. O‘z-o‘zini anglovchi sun’iy intellektning qanday salbiy tomonlari bo‘lishi mumkin?
5. Sun’iy intellekt tarmoqlari sun’iy intellektning barcha xususiyatlarini ochib bera 
oladimi? Nima uchun?
6. Sizningcha, mashinani o‘qitish va chuqur o‘rganish o‘rtasida qanday farq bo‘lishi 
mumkin?
7. Tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyasini qo‘llayotgan qanday xizmatlardan 
foydalangansiz?
8. Kelgusi kasbiy faoliyatingizda sun’iy intellektning qanday tarmoqlaridan ko‘proq 
foydalanishingiz mumkin?
Ekspert tizimi 
– sun’iy intellektga asoslangan holda ma’lum 
bir soha mutaxassisi qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
kompyuter dasturi. Ekspert tizimi murakkab masalalarni hal 
qilishda if-then (agar, u holda) mantiqiy belgilaridan foydalanadi. 
Ekspert tizimlari, asosan, katta hajmdagi axborotlarni 
boshqarish, tibbiyot muassasalarida davolash jarayonlarini tahlil 
qilish, kreditlarni tahlil qilish, virusni aniqlash va boshqalarda qo‘llaniladi.
Demak, sun’iy intellekt tarmoqlari sun’iy intellekt xususiyatlari va imkoniyatlarini to‘laligicha 
ochib beradi. Ta’kidlash joizki, hozirda sun’iy intellekt rivojlanishda davom etmoqda, uning 
yangi tarmoq yoki xususiyatlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holat esa yuqorida olgan 
bilimlarga yana yangi ma’lumot hamda bilimlar qo‘shilishidan dalolat beradi. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə