Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

Reaktiv mashinalar
– mavjud ma’lumotlar 
asosida oldindan belgilangan vazifalarni bajara 
olish imkoniyatiga ega sun’iy intellekt turi. Bu turga 
1997-yilda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri 
Kasparov ustidan g‘alaba qozongan Deep Blue IBM 
kompyuterini misol keltirishimiz mumkin. Bundan 
tashqari, Xitoy va Koreyada mashhur 
Go
o‘yini uchun 
Google tomonidan ishlab chiqilgan 
AlphaGo
dasturi 
ham shu turga mansub. AlphaGo dasturi Xitoy va Koreyaning 
Go stol
o‘yini chempionlarini 
2017-yilda mag‘lub etdi. Bu sun’iy intellektlarning insondan ustun kelishi jahon ommaviy 
axborot vositalarida keng yoritildi. Reaktiv mashinalar o‘zlariga yuklatilgan ma’lum bir 
vazifalarnigina bajara oladi. Bu, albatta, ularning kamchiligi. Ular o‘tmish yoki kelajak 
ma’lumotlariga tayangan holda qaror qabul qila olmaydi. 
13-dars. SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA 
TARMOQLARI
Cheklangan xotira 
– reaktiv mashinalar imkoniyatlari bilan bir 
qatorda tarixiy ma’lumotlarni ham tahlil qilish hamda muayyan 
shart-sharoit asosida qaror qabul qilish imkoniyatlariga 
ega sun’iy intellekt turi. Bugungi kunda hayotimizga kirib 


13-DARS
SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI
87
Aql nazariyasi
sun’iy intellektning yanada rivojlangan turi bo‘lib, u 
insonlar his-tuyg‘ulari, e’tiqodlari, fikrlash jarayonlarini anglovchi va 
unga ma’lum bir munosabat bildiruvchi tizimlarni nazarda tutadi. 
Olimlar bu tur ustida tadqiqot loyihalarini amalga oshirishmoqda. Shu 
sababli hozircha sun’iy intellektning bu turiga oid biror dastur yoki 
texnologiya yaratilmagan. Aql nazariyasi jamiyatga ko‘proq psixologiya 
sohasi bo‘yicha yordam berishi kutilmoqda. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə