Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


 Oddiy vazifalarni avtomatik takrorlash



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

3. Oddiy vazifalarni avtomatik takrorlash.
SIning bu xususiyati bir xil vazifalarni avtomatik 
ravishda takroran bajarish qobiliyati sanaladi. Zamonaviy avtomobil 
zavodlarida ishlayotgan robotlar shu xususiyati tufayli mutlaqo nuqsonsiz 
avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Turli jarayonlarni avtomatlashtirish 
nafaqat samaradorlikni oshirishni, balki qo‘shimcha xarajatlar kamayishini 
hamda xavfsiz mehnat muhitini ta'minlaydi.
2. Yuzni tanib olish.
Sun’iy intellekt biometrik xaritalash 
yordamida insonlar yuzini tanishi va ularni bir-biridan farqlashi 
lozim. SI texnologiyalarining yuzni tanish xususiyati kuzatuv 
texnologiyalarining izchil rivojlanishga olib keldi. Bu texnologiya 
biror odamni topish uchun uning yuzini bazada mavjud ma‘lum 
yuzlar bilan taqqoslaydi. Masalan, Amerikaning Clearview AI 
texnologik kompaniyasi huquqni muhofaza qilish idoralari uchun kuzatuv texnologiyasini 
taklif qiladi. Unda shaharlardagi videokameralar tarmog‘i har bir fuqaroning ijtimoiy hayot 
jarayonini real vaqtda kuzatib boradi hamda ular hayotini ma‘lum bir toifa orqali baholashga 
xizmat qiladi. Bunday jarayon xalqaro Inson huquqlari himoyachilari tomonidan tanqidga 
uchragan. (Rasm Dreamstime.com dan olingan.)
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI


I I BOB. 
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
82
4. Ma‘lumotlarni qabul qilish 
– ma‘lumotlarni tartib asosida to‘plash, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish va tahliliy xulosalarni chiqarishga 
yo‘naltirilgan SI xususiyati. Bu jarayon ko‘proq sun’iy neyron tarmoqlari 
yordamida amalga oshiriladi.
5. Chatbotlar
– audio yoki matn ko‘rinishidagi axborotlarni tahlil 
qilish orqali ularga ma‘lum javob qaytarish asosida murojaatchi 
muammolarini yechishga yo‘naltirilgan SI xususiyati. Dastlab botlar 
ma‘lum buyruqlargagina javob bergan. Agar noto‘g‘ri gap aytilsa, 
nima nazarda tutilayotganini u tushunmagan. Endilikda SIga 
asoslangan zamonaviy chatbotlar bilan bir qancha tillarda og‘zaki 
yoki yozma ravishda suhbatlashish mumkin. Ular qo‘llanish sohasiga oid savollarga to‘laqonli 
javoblarni taqdim eta oladi. Masalan, IBM tomonidan SI asosida yaratilgan Watson Assistant 
chatboti veb-sayt yoki turli ilovalarda ishlaydi. Chatbot foydalanuvchilar bilan inson ishtirokisiz 
muloqot qiladi, ularning muammolarini o‘rganadi va turli xil yechimlarni taklif etadi. (Rasm 
freepik.com dan olindi.)

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə