Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

Kvant hisoblash. 
SI superkompyuterlargina hisoblashi mumkin bo‘lgan axborotlarni 
kvant fizikasi yordamida ehtimoliy kvant kompyuterlari orqali yechilishini 
nazarda tutadi. Kvant hisoblash kvant neyron tarmoqlari yordamida har 
qanday murakkab masalalarni qisqa vaqt ichida yechish imkoniyatini 
beradi. [Bu jarayonda kvant hisoblash kvant mexanikasining superpozitsiya 
va chigallashtirish prinsiplari yordamida SIning hisoblash imkoniyatini 
maksimum darajada oshiradi. (
Kvant mexanikasi
– fizikada tabiat fizik xususiyatlarini 
atomlar hamda subatomik zarralar miqyosida tavsiflovchi fundamental nazariya. 
Kvant 
superpozitsiyasi
– kvant mexanikasining asosiy prinsipi. Unga ko‘ra, xuddi klassik fizikadagi 
to‘lqinlar singari har qanday ikkita (yoki undan ortiq) kvant holatini birlashtirish mumkin 
(superpozitsiya). Natijada, yana bitta to‘g‘ri kvant holati bo‘ladi va, aksincha, har bir kvant 
holatini ikki yoki undan ortiq boshqa holatlar yig‘indisi sifatida ko‘rsatish mumkin. 
Kvant 
chigallashishi
– juftlik yoki guruh zarralari paydo bo‘lganda, o‘zaro ta‘sirlashganda yoki 
fazoviy yaqinlikni taqsimlashda juftlik yoki guruhning har bir zarrachasi kvant holatini 
boshqalar holatidan mustaqil ravishda ta‘riflab bo‘lmaydigan tarzda sodir bo‘ladigan fizik 
hodisa.)]
Kvant hisoblash bo‘yicha eng ilg‘or loyihalardan biri Google AI Quantum bo‘lib, uning maqsadi 
super o‘tkazuvchi kubit protsessorlarni ishlab chiqish hamda turli ilovalarni kvant yordamida 
optimallashtirishdan iborat. (Rasm iconfinder.com saytidan olingan.)


12-DARS
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
83
7. Bulutli hisoblash.
SIning bulutli hisoblash xususiyati katta hajmdagi 
axborotlar bilan ishlashda ularni saqlash, masofadan boshqarish va uzatish 
imkoniyatini beradi. Bulutli hisoblash sohasida Microsoft Azure, Google 
Cloude, Alibaba Cloude yetakchi provayderlar hisoblanadi. (Rasm olingan sayt: 
pngrepo.com)
Hozirgacha sun’iy intellekt qo‘llanilayotgan texnologiyalar utning barcha xususiyatlarni o‘zida 
jamlagani yo‘q. Ammo uning ma‘lum bir xususiyatlarini qo‘llashning o‘zi ham sohalar rivojida 
natijalarning yaxshilanishi va o‘sishiga olib keldi. Bu esa sun’iy intellektni rivojlanitirishga 
bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi. 
1. Sun’iy intellektni davlat boshqaruvi sohasida qo‘llash mumkinmi?
2. Sun’iy intellektning chuqur o‘rganish xususiyati unga qanday imkoniyatlarni taqdim 
etadi? 
3. Yuzni tanib olish texnologiyasi haqida fikringiz qanday? U inson huquqlarining 
buzilishiga olib kelishi mumkinmi?
4. Takrorlash algoritmi sun’iy intellektning qaysi xususiyatini izohlashi mumkin? Misollar 
keltiring. 
5. Internetda chatbotlarga duch kelganmisiz, agar duch kelgan bo‘lsangiz, u sizga 
qanday yordam bergan?
6. Kvant hisoblashlarni qanday tasavvur qilasiz?
7. Sun’iy intellektning barcha xususiyatlarini o‘zida jamlagan “aql” paydo bo‘lishi 
mumkinmi? Fikringizni asoslang. 
AMALIY FAOLIYAT

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə