Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Tarmoq ma’lumotlar bazasi



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

Tarmoq ma’lumotlar bazasi.
Bu usul ierarxik ma’lumotlar bazasining 
rivojlangan ko‘rinishi bo‘lib, o‘zaro bog‘lanish jarayonida cheklashlar 
mavjud emas. Shu sababli ham ma’lumotlar bazasini yaratishning 
bunday usuli o‘rgimchak to‘riga o‘xshatiladi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi. 
Ma’lumotlar bir-biri bilan oldindan 
belgilangan tartib asosida jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvaldagi 
ma’lumotlar qator va ustunlar kesishmasidan hosil bo‘lgan kataklarda 
saqlanadi. Ma’lumotlarni saralashda SQL tilidan foydalaniladi. 
Relyatsion ma’lumotlar bazasi bir qancha jadvallardan tashkil topishi mumkin. Jadvallar esa 
biri-biriga mantiqan bog‘langan bo‘ladi.
ID
Ism
Yoshi
Hobby
Manzil
1
Alisher
12
Robototexnika Toshkent sh., Olmazor tumani
2
Hamid
14
Shaxmat
Jizzax vil., Zarbdor tumani
3
Gulhayo
13
Rasm chizish
Samarqand vil., Jomboy tumani


2-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
9
Gibrid ma’lumotlar bazasi
ning relyatsion va obyektga yо‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi 
usullarining birlashishidan hosil bo‘lgan usul hisoblanadi. Bunda jadval ko‘rinishidagi 
ma’lumotlar obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari yordamida yaratiladi.
Axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi natijasida ma’lumotlar bazasi 
yaratishning yangi usullari paydo bo‘lmoqda. Bunday usullar umumiy nom bilan NoSQL deb 
atalmoqda va ular ma’lumotlar bazasini yaratishning keng imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Ma’lumotlar bazasini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• 
hajmi:
ma’lumotlar bazasida qancha ma’lumot saqlanadi?
• 
foydalanish huquqi: 
yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga har safar bitta kompyuter orqali 
kiriladimi yoki unga turli joylardan ko‘plab foydalanuvchilar kirishi talab etiladimi? 
Yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi kichik bo‘lib, undan birgina foydalanuvchi foydalansa, 

shaxsiy ma’lumotlar bazasi
hisoblanadi. Masalan, maktabda turli fanlardan olgan 
baholaringizni bitta jadvalda saqladingiz. Demak, u siz uchun shaxsiy ma’lumotlar bazasi 
bo‘lishi mumkin. 
Server ma’lumotlar bazasi Internetga ulangan maxsus server-kompyuterlarda saqlanadi. Ya’ni 
ma’lumotlar bazasiga Internet orqali turli joylardan ko‘plab foydalanuvchilar kirishi mumkin. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə