Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

2-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
11
MA’LUMOTLARNING ASOSIY XOSSALARI
Aniqlik
Ma’lumotlar bazangizdagi ma’lumotlar aniq bo‘lishi muhim ahamiyatga 
ega, chunki ma’lumot xatosiz hamda aniq bo‘lishi lozim. Deylik, ob-havo 
ma’lumotlari bazasini yaratdingiz, Agar siz unda bugungi kun uchun 
ertangi ob-havo prognozini yozib qo‘ysangiz, odamlar yomg‘irda qolishiga 
sababchi bo‘lishingiz mumkin. Havo harorati 27,2 °C (yaxshi iliq kun)
ni yozishda vergulni xato qo‘ysangiz, 2,72 °C (juda sovuq kun)ni taqdim 
etasiz. 
To‘g‘rilik
Noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida tuzilgan ma’lumotlar bazasi noto‘g‘ri 
xulosalarga olib keladi.
Dolzarblik
Ma’lumotlar yuqori sifatli bo‘lishi uchun ular dolzarb bo‘lishi kerak. Agar 
sizdagi ma’lumotlar dolzarb bo‘lmasa, ulardan hech kim foydalanmaydi
ya‘ni bajargan ishingiz qiymati yo‘qoladi. Masalan, ob-havo ma’lumoti 
dolzarb bo‘lishi uchun undagi ma’lumotlar yangilanib turishi lozim.
To‘liqlik
Ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi uni noto‘g‘ri ma’lumotga aylanishiga 
olib keladi. Ma’lumotdagi bo‘shliqlar ma’lumotlardan foydalanishni 
qiyinlashtirishi va chalg‘itishi mumkin. Masalan, ob-havo ma’lumotlari 
bazasida bo‘shliqlar paydo bo‘lib, bir necha kunlik prognozlar berilmasa
odamlar undan foydalanishni to‘xtatib, boshqa muqobil ob-havo 
ma’lumotlari markazini kuzatishi mumkin.
Muvofiqlik
Sifatli ma’lumot foydalanuvchi uchun juda ham muhim. Agar siz 
O‘zbekiston ob-havo ma’lumotlari e’lon qilinishi kerak joyda dunyo ob-havo 
ma’lumotlarini e’lon qilsangiz, muvofiqlik buzilishiga sababchi bo‘lasiz.
Izchillik
Ma’lumotlar bazasi izchil bo‘lishi uchun undagi ma’lumotlar bir-birini inkor 
etmasligi, ya’ni bir turdagi ma’lumotlardan foydalanish lozim. Masalan, 
xodimlar maoshini anglatuvchi bazada ham dollar, ham so‘m pul birligidan 
foydalanish xodimlarning o‘rtacha daromadlarini aniqlashda xatolikka olib 
keladi.
Ma’lumotlar bazasining taraqqiyoti natijasida u bilan bog‘liq yangi kasblar paydo bo‘lmoqda. 
Bu kasblarning jamiyat uchun foydaliligi va serdaromadligi e’tiborga loyiq.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə