Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


MA’LUMOTLAR BAZASINING FOYDALANISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

MA’LUMOTLAR BAZASINING FOYDALANISH 
JARAYONIGA KO‘RA TURLARI
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi 
– sizning kompyuteringizda ishlaydigan, bir vaqtning o‘zida 
faqat bitta foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan ma’lumotlar bazasi va dasturi. Masalan, 
Microsoft Access. 
Shaxsiy ma’lumotlar bazasinig o‘ziga xos jihatlari:
• 
shaxsiy kompyuterda ishlaydi;
• 
ma’lumotlar bazasini tuzishda sodda usullardan foydalaniladi;
• 
faqat bitta foydalanuvchinigina qo‘llab-quvvatlaydi.
Obyektga yо‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi
.
 
Bunda ma’lumotlar 
obyekt kо‘rinishida saqlanadi. Obyektga yо‘naltirilgan ma’lumotlar 
bazasi bilan ishlashda obyektga yо‘naltirilgan dasturlash tillaridan 
foydalanish talab etiladi.
1-obyekt
2-obyekt
3-obyekt


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI TURLARI
10
Markazlashgan ma’lumotlar bazasi 
serverda ishlaydi, shuning uchun unda bir vaqtning 
o‘zida bir qancha foydalanuvchi ishlashi mumkin. Markazlashgan ma’lumotlar bazasi birorta 
tashkilot binosi (maktab, kollej, universitet, kompaniya)da yoki bulutda saqlanadi. U ko‘plab
foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Markazlashgan ma’lumotlar bazasining o‘ziga xos jihatlari:
• 
mahalliy yoki global serverda ishlaydi;
• 
barcha ma’lumotlar bitta xotira qurilmasida 
saqlanadi;
• 
bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchini 
qo‘llab-quvvatlaydi.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi
bir qancha 
serverlarda saqlanadi. Bulutda ishlaydigan 
ma’lumotlar bazasi taqsimlangan ma’lumotlar 
bazalar orasidan eng keng tarqalgan namuna 
hisoblanadi. Bulutga asoslanib taqsimlangan 
ma’lumotlar bazalari universallik xususiyatlariga 
ega. Chunki ularda ma’lumotlar bazasini 
osonlikcha kengaytirilishi, bir nechta kompyuter tomonidan tarmoqli foydalanishni taqdim 
etishi mumkin. Taqsimlangan ma’lumotlar bazalari markazlashgan ma’lumotlar bazasiga 
nisbatan ishonchlidir. Markazlashgan ma’lumotlar bazasi saqlangan server ishdan chiqsa
ma’lumotlar bazasi ham ishdan chiqadi. Bunday holat foydalanuvchilarga noqulaylik 
tug‘diradi. Taqsimlangan ma’lumotlar bazasida esa birorta server ishdan chiqsa, boshqa 
serverlar uning vazifasini vaqtinchalik bajarib, baza ishlashda davom etadi. Taqsimlangan 
ma’lumotlar bazasidan Google, Amazong, Facebook, Telegram kabi veb-platformalar 
foydalanadi. Taxminlarga ko‘ra, birgina Facebookning ma’lumotlar bazasi dunyodagi 180 
mingdan ortiq serverlarga taqsimlangan.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda ularning yuqorida aytilgan turlaridan birortasi foydalanuvchi 
ehtiyojlariga ko‘ra tanlanadi. Bunda ma’lumotlar sifatiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki u 
yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi qiymatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə