Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


JADVALDAGI MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

JADVALDAGI MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH


3-DARS
MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
15
3-dars. MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
Maʼlumotlar bazasi bitta yoki bir nechta jadvaldan tashkil topadi. Har bir jadval ma’lumotlar 
bazasining bir qismi sifatida aniq bir mazmunni ijodalaydi. Masalan, kutubxona ma’lumotlar 
bazasi kutubxona xodimlari, saqlanayotgan kitoblar, kutubxona a’zolari haqidagi jadvallardan 
tashkil topadi. Ma’lumotlar bazasidagi jadval ustuni 
maydon
deb nomlanadi. Jadval 
maydonlari tartiblangan ma’lumotlardan tashkil topadi. Masalan, kutubxona a’zolari haqidagi 
jadvalda ularning ismi, sharifi, tavallud sanasi kabi maydonlarda ma’lumotlar saqlanishi 
mumkin. Bularning har biri alohida maydon bo‘lib, o‘zida faqat bir turdagi ma’lumotni saqlaydi. 
Masalan, tavallud sanasi maydonida faqat kutubxona a’zolarining tug‘ilgan sanalari haqidagi 
ma’lumotlar saqlanadi. Jadval qatorlardan tashkil topadi. Har bir qator o‘zida bitta predmet
obyekt yoki shaxs haqidagi ma’lumotni saqlaydi. Ma’lumotlar bazasidan o‘rin olgan bu kabi 
qatorlar 
yozuvlar
deb ataladi. Umuman olganda, ma’lumotlar bazasi jadvallardan, jadvallar 
esa maydon va yozuvlardan tashkil topadi.
Jadval
– ma’lumotlarni tartibli saqlash uchun qo‘llaniladigan ustun va qatorlardan iborat 
obyekt.
Maydon
– jadval ustuni nomi va undagi ma’lumotlar, masalan, ism.
Yozuv
– bir obyekt, predmet yoki shaxs haqidagi maydonlar to'plami.
Asosiy kalit
(Primary Key) – jadvaldagi har bir yozuvga berilgan unikal nom.
Tashqi kalit 
(Foreign Key) – jadvallarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha 
kalit. 
ID
raqami Ism
Familiya
Tug'ilgan 
sanasi
Sinfi
1
Alisher
Hakimov
21.05.2007
9-sinf
2
Zulfiya
Nabiyeva
03.11.2008
8-sinf
3
Vosil
Karimov
16.01.2009
7-sinf

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə