Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
321
2-topshiriq. “Yagona interfaol davlat xizmatlari portal”da ro‘yxatdan o‘tish.
Eslatma! 
Yagona portaldan rо‘yxatdan о‘tishning 4 usuli mavjud: 
1) SMSni tasdiqlash orqali, ya’ni Yagona portaldan rо‘yxatdan о‘tish;
2) ID.uz – Yagona identifikatsiya tizimi orqali rо‘yxatdan о‘tish;
3) Elektron raqamli imzo orqali rо‘yxatdan о‘tish; 
4) UzCARD yordamida rо‘yxatdan о‘tish.
Portaldan tо‘laqonli foydalanish hamda davlat organlariga murojaat qilish uchun OneID (id.egov.uz) 
– Yagona identifikatsiya tizimidan rо‘yxatdan о‘tishni misolda kо‘ramiz:
1) dastlab OneID (id.egov.uz) – Yagona identifikatsiya tizimi saytiga kiring va 
“Ro‘yxatdan o‘tish” tugmachasini bosin
g;
2) saytlarda rо‘yxatdan о‘tish sizga avval o‘tilgan 
darslardan ma’lum bo‘lganligi uchun ro‘yxatdan 
o‘tish jarayonini mustaqil baj
aring;
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida uMail.uz da pochta 
qutisi ochishga rozilik bildiring; 
3) OneID (id.egov.uz) – yagona identifikatsiya tizimida rо‘yxatdan о‘tib bo‘lganingizdan 
sо‘ng, foydalanuvchi nomi va parolini kiriting va “Kirish” tugmachasini bosing. OneID 
(id.egov.uz) – yagona identifikatsiya tizimi oynasidagi “Shaxsiy ma’lumotlar” bandiga 
o‘tib, ma’lumotlaringizni yangilab chiqing; 
4) Yagona portal – my.gov.uz saytiga kiring
va 
“Kirish” tugmachasini bosing
5) id.egov.uz tizimida rо‘yxatdan о‘tganligingiz 
sababli o‘sha shaxsiy login va parolingizni kiriting 
va “Kirish” tugmachasini bosing;


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
322
6) agar login va parolda xato bo‘lmasa, quyidagi oyna ochiladi va siz portalning 
barcha xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Agar siz id.egov.uz tizimida avval rо‘yxatdan о‘tmagan 
bo‘lsangiz, foydalanuvchilar kelishimi bilan tanishib 
chiqing va “Rо‘yxatdan о‘tish” tugmachasini bosing, 
so‘ngra: 
– rо‘yxatdan о‘tish oynasidagi tegishli 
maydonchalarga:
· 
jismoniy shaxs sifatida shaxsiy identifikatsion raqamingizni (JSHSHIR). (JSHSHIR 
bu – fuqarolik pasportingiz quyi qismidagi 14 raqam);
· 
pasportingiz seriyasi va raqamini;
· 
elektron pochta manzilingizni;
· 
telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmachasini bosing.
Telefon raqamingizga kelgan SMS-kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting, sо‘ngra 
“Keyingi” tugmachasini bosing.
Ushbu oynada id.egov.uz tizimi uchun login va parolni kiriting va “Rо‘yxatdan о‘tish” 
tugmachasini bosing.
id.egov.uz tizimida rо‘yxatdan о‘tganligingiz tо‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va sizning 
tizimda rо‘yxatdan о‘tganingiz tasdiqlanadi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə