Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-topshiriq. “Yagona portal (my.gov.uz)” xizmatlaridan foydalanish



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

3-topshiriq. “Yagona portal (my.gov.uz)” xizmatlaridan foydalanish.
1.
1) 
my.gov.uz saytiga shaxsiy login va parolingiz bilan kiring, portal oynasi va 
xizmat turlari bilan tanishib chiqing;
2) “Barcha xizmatlar” tugmachasi yordamida “Yagona portal” to‘liq xizmatlar 
ro‘yxatini shakllantiring;
3) ochilgan xizmatlar ro‘yxatidan “Ta’lim” xizmat turini, so‘ngra “Abituriyentni onlayn 
ro‘yxatdan o‘tkazish” identifikatorini tanlang;


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
323
“Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing
“Xizmatdan foydalanish” tugmachasi orqali xizmatdan foydalanish uchun: 
a) ariza beruvchi o‘z telefon raqamini kiritadi;
b) ariza beruvchi parolini o‘rnatаdi (parol kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi, raqam 
va harflarni o‘z ichiga olishi lozim);
d) telefonda ko‘rsatilgan raqamga maxsus kod yuboriladi, u tegishli maydonga 
kiritiladi;
e) ariza beruvchi anketani to‘ldiradi va vakolatli organga yuboradi.
Eslatma: 
Hali o‘rta ta’limni tamomlamaganingiz uchun siz bu xizmatdan foydalana 
olmaysiz!
2.
“Barcha xizmatlar” bo‘limidan “Ma’lumotnomalar” xizmat turini, ochilgan ro‘yxatdan 
esa “Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” identifikatorini tanlang;
“Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing; 
“Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing va xizmatdan foydalanish uchun 
so‘ralgan anketa savollariga to‘g‘ri va aniq
 
javo
blarni kiriting;
hamma savollarga javob berilgandan so‘ng “Yuborish” tugmachasini bosing. Bu 
xizmat to‘lovlidir. To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, ariza keyingi bosqichga 
o‘tadi.Davlat xizmatlari agentligining viloyat hududiy boshqarmasi fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish avtomatlashtirilgan tizimiga so‘rov yuboriladi va to‘lovni 
amalga oshirganingizdan so‘ng, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz PDF formatida 
ekranda ko‘rsatiladi. Endi siz ushbu sertifikatni chop etishingiz yoki istalgan elektron 
shaklda so‘rov yuborgan har qanday muassasaga topshirishingiz mumkin.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə