Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

TAYANCH TUSHUNCHALAR
Minerlar – blockchain tizimining maxsus ishtirokchilari. Ularning kompyuterlari 
boshqa ishtirokchilar tranzaksiyalarini tekshirish uchun moslashgan bo‘ladi.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
332
zanjiri oxiriga yangi tranzaksiya sifatida bog‘lab qo‘yiladi. Xuddi shu tarzda D E ga 1$ pul 
o‘tkazmoqchiligi haqidagi ma’lumot (D > E 1$) ham ro‘yxatga, ya’ni “Ochiq daftar”ga yoziladi 
va u ham tranzaksiyalar zanjiriga yangi tranzaksiya sifatida biriktirib qo‘yiladi. Shu tarzda hosil 
qilingan ro‘yxatga “Ochiq daftar”, ya’ni 
tranzaksiyalar zanjiri
deyiladi. 
“Ochiq daftar” yordamida tarmoqning barcha ishtirokchilari pul qayerda ekanligini, kimda 
qancha pul borligini bilishi mumkin. Shu boisdan, ishtirokchilar kim kimga qancha pul o‘tkaza 
olishi yoki olmasligini ham biladi. Masalan, yuqoridagi misolda A E ga 15$ o‘tkazmoqchi 
bo‘lsa, tarmoqdagi barcha ishtirokchilar bunday tranzaksiya (AE 15$) bo‘lishi mumkin 
emasligini darhol biladi. Chunki boshida A da 10$ bo‘lganligi, 5$ B ga o‘tkazilganligi, hozirda 
esa A da 15$ pul yo‘qligini hamma biladi. Shu sababli bu tranzaksiya ochiq daftarga 
qo‘shilmaydi. Bunday tranzaksiyalar invalid (haqiqiy 
bo‘lmagan) tranzaksiya hisoblanadi va uni tarmoqda hech 
kim tasdiqlamaydi. 
Blokcheynda taqsimlangan, ya’ni tarmoqdagi xohlagan 
shaxs (yoki tugun) daftar nusxasi (ledger)ni o‘zida saqlashi 
mumkin bo‘lgan 
distributed ledger
tizimi ishlatiladi. 
1-rasmda keltirgan tarmoqda A, B, D, E tugunlar mavjud. 
Masalan, zarur bo‘lganda ledger A va D tugunlarda yoki tarmoqdagi barcha tugunlarda 
saqlanishi mumkin. Bu orqali ochiq daftar taqsimlangan holatda saqlanishiga erishiladi va 
uni markaziy joyda saqlashga ehtiyoj qolmaydi. Daftarning taqsimlangan holatda saqlanishi 
natijasida daftar nusxasi hamma tugunlarda paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Endi ochiq daftar (tarnzaksiyalar zanjiri) nusxasini tarmoqdagi hamma ishtirokchilar orasida 
sinxronlashtirib, daftar nusxalarining bir-biriga mosligini ta’minlash lozim. 
Faraz qilaylik, B E ga 5$ o‘tkazmoqchi, ya’ni (B > E 5$). Shunda B E ga 5$ o‘tkazmoqchi 
ekanligini tarmoqqa e’lon qiladi. Tarmoqdagi hamma ishtirokchilar B ning bunday tranzaksiya 
qilmoqchi ekanligidan xabardor bo‘ladi. Bu tranzaksiyaning haqiqiyligini hech kim tekshirib 
ko‘rmaganligi sababli, bu ma’lumot ochiq jurnalga kelib tushmaydi. 
Endi bu tranzaksiyani ochiq jurnalga qanday yozilishini bilish uchun miner tushunchasini 
aniqlashtirib olishimiz kerak. 
Miner 
deb, ochiq daftarni o‘zida saqlovchi maxsus tugunga aytiladi. Masalan, 2-rasmda 
tasvirlangan tarmoqdagi A va D tugunlarni miner deb oladigan bo‘lsak, bu minerlarning 
asosiy vazifasi – bo‘lishi kutilayotgan yangi tranzaksiyalar haqiqiyligini tekshirish va uni 
ochiq daftarga birinchi bo‘lib yozishdan iborat. Bu ishlarni birinchi bo‘lib bajargan miner 
“musobaqa”da yutib chiqadi va moliyaviy mukofot – bitcoinga ega bo‘ladi. 
Miner musobaqada g‘olib chiqish uchun quyidagilar bajarilishi lozim:



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə