Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   265
Informatika 11-sinf UZ

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
333
– yangi, tekshirilmagan tranzaksiyani olib, uning haqiqiyligini tekshirish kerak. Daftarning 
ochiqligi va kimda qancha pul borligi haqidagi ma’lumotlar tranzaksiyaning haqiqiyligini 
aniqlashga yordam beradi. Masalan, miner ochiq daftar orqali B da E ga
 
o‘tkazishi uchun 
yetarlicha mablag‘ (5$) borligini osongina hisoblay oladi va bu o‘tkazmani amalga oshirish 
mumkinligini tasdiqlaydi;
 
– miner maxsus tasodifiy kalitni tez izlab topishi kerak. Shunda u topilgan kalit yordamida 
yangi tranzaksiyani ochiq daftardagi tarnzaksiyalar zanjiriga tezroq qo‘shish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. Kalit, odatda, 16 lik sanoq sistemasidagi 64 xonali sondan iborat bo‘ladi. Kalitni 
birinchi bo‘lib topgan minerga moliyaviy mukofot bitkoin beriladi. 
Masalan, D tugundagi miner yuqoridagi ikkita ishni bajarib bo‘ldi, deylik. Bu holatda D tugun 
(B > E 5$) tarnzaksiya haqiqiy tranzaksiya ekanligini tarmoqqa e’lon qiladi. Tarmoqdagi 
boshqa minerlar bu xabarni olishlari bilan, uni o‘zlaridagi tranzaksiyalar zanjiriga yangi blok 
sifatida qo‘shib qo‘yishadi. Shu tarzda minerlar o‘z ishlarini davom ettiradi. Hozirgi holatda D 
miner musobaqada yutib chiqqan bo‘lsa, kelasi safar A miner yutib chiqishi mumkin. 
Blok ichida saqlanadigan ma’lumotlar blokcheyn turiga bog‘liq.
Genesis loki
Masalan, bitkoinlar blokida jo‘natuvchi va qabul qiluvchi shaxs hamda o‘tkaziladigan 
bitkoin miqdori haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Bitkoin blokiga misol:
zanjirdagi 1-blok 
Genesis blok

deb ataladi. Zanjirdagi har bir 
yangi blok oldingi blok bilan 
bog‘langan bo‘ladi.
Blokda ham xesh mavjud. Xeshni “har bir 
blok uchun yagona bo‘lgan barmoq izi”, deb 
tushunish mumkin. U blok va uning tarkibini 
aniqlaydi hamda barmoq izi kabi yagona 
bo‘ladi. Shuning uchun, blok yaratilganidan 
so‘ng, blok ichidagi har qanday o‘zgarish xeshni 
o‘zgartirishga olib keladi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə