Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/265
tarix26.02.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#101546
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   265
Informatika 11-sinf UZ

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
324
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Elektron hukumatga qanday ehtiyoj bor?
2. 
Elektron hukumat portalida joylashtirilgan hujjatlar qanday turlarga ajratilgan? 
3. “Yagona portal” orqali ro‘yxatdan o‘tishning qanday usullari mavjud?
4. Yagona portal qanday imkoniyatlarga ega?
1. 
“Elektron hukumat” to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida keltirilgan asosiy tushunchalar, 
ularga berilgan ta’riflarni о‘rganib chiqing. 
2. 
“Yagona portal” orqali “Yashash joyi manzili” xizmat turidan foydalanib, “Doimiy 
(vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot” olishga harakat qiling.
3. 
Yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali quyidagi xizmat turlarini o‘rganib 
chiqing va jadvalni to‘ldiring:
UYGA VAZIFA

Xizmat turi
Necha xil 
ma’lumotnoma 
turi mavjud?
Xizmatdan 
foydalanish turi
(soni yoziladi)
Tashkilot 
nomi
to‘lovli
to‘lovsiz
1.
2.
3.


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
325
66-dars. ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON 
TO‘LOV TIZIMLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Elektron tijorat 
(ingl. 
e-commerce
– elektron savdo) – savdo-sotiq 
amaliyotlarini Internet orqali tashkil 
etish.
Internet texnologiyalari keng qo‘llaniladigan sohalardan biri tovar va xizmatlar savdosining 
barcha turlarini o‘zida qamrab olgan elektron 
tijoratdir. Elektron tijorat tushunchasi (ingl. 
Elektronic Data Interchange
– EDI) – 
ma’lumotlarni elektron almashish, elektron 
pochta, Internet, intranet (kompaniya ichida 
axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo 
bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni 
o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratning an’anaviy 
savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat:
– xaridor uchun о‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash, sotib olish 
imkoniyati;
–savdo-sotiq faoliyatining boshqa faoliyatlarga xalal bermasligi, ya’ni parallel ravishda olib 
borish imkoniyati;
–kо‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning о‘zida bir nechta firmaga murojaat qila olish 
imkoniyati; 
–zarur mahsulotlarni tez izlab topish, izlangan mahsulotlar mavjud korxonalarga murojaat 
qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;
– hozirda mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish 
imkoniyati;
– elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, 
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi;
–xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’i nazar hamma 
qatori, teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati.
Elektron tijorat
 
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq 
amalga oshiriladigan tovar (ish, xizmat)lar oldi-sotdisi hisoblanadi. Quyidagilar elektron tijorat 
tizimining eng keng tarqalgan toifalari hisoblanadi:
biznes-iste’molchi.
Chakana savdo (Internet orqali amalga oshiriladi, masalan, 
tovarlarni Amazon.com, ebay.com orqali sotish).
biznes-biznes.
Biznes hamkor bilan savdo aloqlar o‘rnatish (masalan, smartfon 
ishlab chiqaruvchi tovarlarini sotish uchun ulgurji sotuvchilardan foydalanadi).
iste’molchi-iste’molchi.
Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (masalan, gazeta yoki 
jurnallarda ma’lum bir mahsulotni sotish haqidagi reklama).
B2C
B2B
C2C



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə