Va ijtimoiy geografiyasi


ekstensiv yo‘l  bilan rivojlandi.  Ekstensiv xo‘jalik yuritish



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

ekstensiv
yo‘l 
bilan rivojlandi. 
Ekstensiv xo‘jalik yuritish
– ishlab chiqarishni fan-texnika yutuqlari 
va zamonaviy mexani zatsiya imkoniyatlari o‘rniga ta biiy boyliklarni 
jadal o‘zlashtirish hisobiga yuksaltirish usuli. 
Ekstensiv xo‘jalik yuritish usuli natijasida yoqilg‘i, energiya, inson omili, 
ayniqsa, suv ko‘p sarfl andi. Suv sarfi ning ko‘payishi Orol fojiasini keltirib 
chiqargan sabablardan bo‘ldi. Yerdan foydalanishdagi xatoliklar esa tabiatning 
ifl oslanishi va tuproq unumdorligining pasayishiga olib keldi. 
Demak, 
ekstensiv yo‘l
muayyan vaqt taraqqiyotini ta’minlasa-da, uning 
jiddiy salbiy oqibatlari ham bo‘ladi.
Shu sababli davlatimiz intensiv xo‘jalik 
yuritish usuliga o‘tish vazifasini ilgari surmoqda.
Intensiv xo‘jalik yuritish
– fan va tex nika yutuqlarini iqtiso diyot ga 
tezkor joriy etuv chi, xomashyo va boylik larni tejab-tergab, chi qindi 
chiqarmay to‘liq foydalanish usuli.
Intensiv xo‘jalik yuritish usulidan foydalangan holda xorijiy mamlakatlar 
bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyaga asoslangan qo‘shma korxonalar 
tashkil qilinmoqda. 
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining 
intensiv
 
yo‘l
dan rivojlanishi mehnat 
unumdorligi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligining jahon 
darajasiga yetishini ta’minlaydi.
Mustaqillikkacha yurtimiz, asosan, paxtachilik va qorako‘lchilikkagina 
ixtisoslashgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuzlab ixtisoslashgan 
tarmoqlarga ega (15-rasm). 
Sanoat
– milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi 
muhim tarmog‘idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyoti 
sanoatga bog‘liq. Sanoatning rivojlanishi bilan yangi aholi punktlari, transport 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə