Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix31.12.2021
ölçüsü1,39 Mb.
#81676
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga otkazishni orgatuvchi trinajyor programma tuzish

1.6 Dastur ijro strukturalari 

Asosan dasturdagi ifodalar ketma-ket, navbatiga ko'ra ijro etiladi. Gohidabir 

shart bajarilishiga ko'ra, ijro boshqa bir ifodaga o'tadi. Navbatdagi emas, dasturning 

boshqa yerida joylashgan ifoda bajariladi. Yani sakrash yoki ijro ko'chishi vujudga 

keladi.  60-chi  yillarga  kelib,  dasturlardagi  ko'pchilik  hatolar  aynan  shu  ijro 

ko'chishlarining rejasiz ishlatilishidan kelib chiqishi ma'lum bo'ldi. Bunda eng katta 

aybdor  deb  bu  ko'shishlarni  amalga  oshiruvchi  goto  (...ga  bor)  ifodasi  belgilandi. 

goto  dastur  ijrosini  deyarli  istalgan  yerga  ko'chirib  yuborishi  mumkin.  Bu  esa 

programmani  o'qishni  va  uning  strukturasini  murakkablashtirib  yuboradi.  Shu 

sababli "strukturali dasturlash" atamasi "goto ni yo'q qilish" bilan tenglashtirilardi. 

Shuni aytib o'tish kerakki, goto kabi shartsiz sakrash amallarini bajaruvchi ifodalar 

boshqa  dasturlash  tillarida  ham  bor.  Tadqiqotlar  shuni  ko'rsatdiki,  istalgan 

programma  goto  siz  yozilishi  mumkin  ekan.  goto  siz  yozish  uslubi  strukturali 

dasturlash  deb  nom  oldi.  Va  bunday  dastur  yozish  metodi  katta  iqtisodiy  samara 

beradi. Strukturali dasturlash asosi shundan iboratki, har bir programma faqatgina 

uch  hil  boshqaruv  strukturalaridan  iboratdir.Bular  ifodalarni  ketma-ket  ijro  etish 

strukturasi (sequence structure), tanlash strukturasi (selection structure) va amalni 

qayta  ijro  etish  strukturasidir  (repetition  structure).  Ifodalarni  ketma-ket  ijro  etish 

strukturasi C++ tomonidan ta'minlanadi. Normal sharoitda C++ ifodalari dasturdagi 

navbatiga ko'ra bajariladi. Tanlash buyruqlari uchtadir. Bular if, if/else va switch dir. 

Qayta ijro etish buyruqlari gurugiga ham  uchta a'zo bor, bular while, do/while va 

for. Bularni har birini keyinroq tahlil qilib chiqamiz. Yuqoridagi buyruqlar nomlari 

C++ dasturlash tilining mahsus so'zlaridir. Dasturchi bu so'zlarni o'zgaruvchi yoki 

funksiyalar  nomi  sifatida  qo'llashi  ta'qiqlanadi.  Quyida  C++  ning  ajratilgan 

so'zlarining to'liq ro'yhati berilgan. 

C# va C ga tegishli: 

auto do goto signed unsigned 

break double if sizeof void  

case else int static volatile 

char enum long struct while 




21 

const extern register switch  

continue float return typedef 

default for short union  

Faqat C++ ga qarashli: 

asm explicit operator this virtual  

bool false private throw wchar_t  

catch friend protected true 

class inline public try 

const_cast mutable reinterpret_cast typeid  

delete namespace static_cast typename 

dynamic_cast new template using 

C++  dagi  yetita  boshqaruv  strukturasini  aytib  o'tdik.  Ular  bittagina  boshlanish 

nuqtasiga va bittagina chiqish nuqtasiga egadirlar. Demak biz bu dastur bo'laklarini 

ketma-ket ulab ketishimiz mumkin. Boshqaruv strukturalarining bu kabi ulanishini 

devorning  g'ishtlarini  ustma-ust  qalashga  ham  taqqoslasak  bo'ladi.  Yoki  biz  bu 

bloklarni bir-birining ichigajoylashtirishimiz mumkin. Bu kabi qo'llashish ikkinchi 

uslub bo'ladi. Mana shu ikki yo'l bilan bog'langan yetita blok yordamida biz istalgan 

dasturimizni yoza olamiz. 


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə