Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix31.12.2021
ölçüsü1,39 Mb.
#81676
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga otkazishni orgatuvchi trinajyor programma tuzish

if/else STRUKTURASI 

if  ni  qo'llaganimizda  ifoda  faqat  shart  haqiqat  bo'lgandagina  bajariladi, 

aksholda tashlanib o'tiladi. if/else yordamida esa shart bajarilmaganda(false natija 

chiqqanda)  else  orqali  boshqa  bir  yo'ldan  borishni  belgilashmumkin.  Misolimizni 

takomillashtirsak.  Bola  7  yosh  yoki  undan  katta  bo'lsa  maktabga,  7  dan  kichkina 

bo'lsa bog'chaga borsin. 

if (yosh >= 7) 

maktab(); //nuqta-vergul majburiydir 

else 


bogcha(); 

Yuqorida  if  ga  tegishli  bo'lgan  blok  bitta  ifodadan  (maktab())  iborat.  Shu 

sababli  nuqta-vergul  qo'yilishi  shart.  Buni  aytib  o'tishimizning  sababi,  masal 

Pascalda  hech  narsa  qo'yilmasligi  shart.  C++  da  bitta  ifosa  turgan  joyga  ifodalar 

guruhini {} qavslarda olingan holda qo'ysa bo'ladi. Masalan: 

if (yosh >= 7){ 

console.writeline("Maktabga!\n"); 

maktab(); 

} else{ 

console.writeline( "Bog'chaga!\n" ); 

bogcha();  

Aslida har doim {} qavslarni qo'yish yahshi odat hisoblanadi; keyinchalik bir 



ifoda  turgan  joyga  qo'shimcha  qilinganda  qavslardan  biri  unutilib  qolmaydi. 


23 

Strukrurali dasturlashning yana bir harakterli joyi shundaki tabulyatsiya, bo'sh joy 

va  yangi  satrlar  ko'p  qo'llaniladi.  Bu  programmani  o'qishni  osonlashtirish  uchun 

qilinadi.  C++  uchun  bo'sh  joyning  hech  ahamiyati  yo'q,  lekin  dasturni  tahrir 

qilayatgan  odamga  buyruqlar  guruhini,  bloklarni  tabulyatsiya  yordamida  ajratib 

bersak, unga katta yordam bo'ladi. Yuqoridagini quyidagicha ham yozish mumkin: 

if(yosh>=7){  console.writeline  ("Maktabga!\n");maktab()}else{  console.writeline 

("Bog'chaga!\n");bogcha()};  

Biroq  buni  o'qish  ancha  murakkab  ishdir.  C++  da  if/else  strukturasiga 

o'hshash ?: shart operatori (conditional operator) ham bordir. Bu C++ ning bittagina 

uchta  argument  oluvchi  operatori.  Uch  operand  va  shart  operatori  shart  ifodasini 

beradi.  Birinchi  operand  orqali  shartimizni  beramiz.  Ikkinchi  argument  shart  true 

(haqiqat)  bo'lib  chiqqandagi  butun  shart  ifodasining  javob  qiymatidir.  Uchinchi 

operand shartimiz bajarilmay (false) qolgandagi butun shart ifodasining qiymatidir. 

Masalan: 

bool bayroq; 

int yosh = 10; 

bayroq = ( yosh >= 7 ? true : false ); 

Agar  yosh  7  ga  teng  yoki  katta  bo'lsa,  bool  tipidagi  o'zgaruvchimiz  true 

qiymatini  oladi,  aks  taqdirda  false  bo'ladi.  Shart  operatori  qavslar  ichida  bo'lishi 

zarur, chunki uning kuchi katta emas. Javob qiymatlar bajariladigan 

funksiyalar ham bo'lishi mumkin: 

yosh >= 7 ? maktab() : bogcha(); 

if/else strukturalarini bir-birining ichida yozishimiz mumkin. Bunda ular bir-biriga 

ulanib ketadi.  

 


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə