Va natijadorligini oshirish


indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə8/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini ochiqlash
tizimi joriy etilganidir.


Byudjet ochiqligini ta’minlash bо‘yicha keyingi davrlarda amalga
oshiriladigan islohotlar
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini
joriy etish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2022 – 2026
yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida
bir nechta vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, kelgusi yildan boshlab ijtimoiy soha obyektlarini qurish
yoki rekonstruksiya qilish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy
infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar jamoatchilik uchun ochiq
e’lon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladigan
tizimni yaratish kо‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga, davlat, jamiyat va mahalla hayotida faol ishtirok etgan
fuqarolar tanlovini о‘tkazish va ularni rag‘batlantirish tizimini joriy
etish, shu jumladan, har yili tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida
faol ishtirok etgan hamda tashabbus kо‘rsatgan fuqarolarni mukofotlash
tizimini joriy etish rejalashtirilgan.


4.3. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARINI BARQAROR
RIVOJLANTIRISH MAQSADLARIGA BOG‘LASH
О‘rta muddatli davrda barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga
erishish uchun yо‘naltirilayotgan byudjet xarajatlarini baholash tizimini
joriy qilish maqsadida Davlat byudjeti xarajatlarini barqaror
rivojlantirish maqsadlariga bog‘lash, shu jumladan, “Yashil byudjet”
tamoyillarini joriy qilish uslubiyotini ishlab chiqish choralari kо‘riladi.
Yashil byudjet” – byudjetdan moliyalashtrilayotgan tadbirlarning
(xarajatlarning) iqlim о‘zgarishiga, ekologik holatga hamda havoga
chiqariladigan zararli gazlarni kamayishiga ta’siri nuqtai nazardan
tasniflashdan iborat.
Yashil byudjet” tizimini joriy qilish:
1. Iqlimning ijobiy о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi hamda ekologik
holatni yaxshilash borasidagi tadbirlar bilan byudjet о‘rtasidagi bog‘liqlik
darajasini aniqlash imkonini beradi va bu boradagi byudjet
xarajatlarining ochiqligini, jamoat va investorlarning xabardorligini
ta’minlaydi.
2. Iqlim ijobiy о‘zgarishi va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan
byudjet xarajatlar miqdorini aniqlash hamda ushbu maqsadlarga xalqaro
moliya instutlarining grant, qarz mablag‘larini hamda xalqaro yashil
obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi (yashil obligatsiyalarni
chiqarishning muhim shartlaridan biri).
3. Byudjet siyosatini, xususan byudjetdan amalga oshiraladigan yangi
dasturlarni iqlim о‘zgarishi va ekologik holatga ta’sirini baholash
imkonini beradi.
4. Yashil iqtisodiyot xarajatlariga ustuvor ahamiyat berish orqali
xarajatlar samaradorligini va natijadorligini oshirishga kо‘mak
kо‘rsatadi.
Yashil byudjetlashtirish” bо‘yicha Fransiya tajribasi tо‘g‘risida
2020 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi umumiy byudjetining kamida
30 foizi iqlimning salbiy о‘zgarishlarini yumshatishga qaratilgan bо‘lishi
hamda a’zo davlatlar ham о‘z byudjetlarini shu raqamga muvofiqlashtirib
borishi lozimligi belgilangan.
Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqidagi 11 ta davlatda “Yashil byudjet”
joriy etilgan va Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlar unga о‘tish yuzasidan
tayyorgarlik ishlarini (metodologiyasini ishlab chiqish, xodimlarni о‘qitish
va hokazo) boshlagan.
Fransiyada “Yashil byudjet” sо‘nggi ikki yil davomida qо‘llanilayotgan
bо‘lib va Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida ushbu yо‘nalishdagi ilg‘or
mamlakat hisoblanadi.


Hozirgi kunda Fransiyada ham faqatgina markaziy byudjet xarajatlari
(ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlaridan tashqari) “Yashil byudjet”
metodologiyasi bо‘yicha tasniflanmoqda. Mahalliy (kommunalar) byudjetlari
xarajatlarini tasniflashga о‘tish bosqichida.
Fransiya tajribasiga asosan byudjet xarajatlarining ekologik
holatga, iqlimga ta’siridan kelib chiqib, tо‘q yashil rang (iqlim uchun
ijobiy), och yashil rang (iqlim о‘zgarishiga ijobiy lekin ayrim salbiy
ta’siri bо‘lishi mumkin, lekin ijobiy ta’siri ustunlikka ega), kul rang
(iqlimga ta’siri neytral), jigar rang (iqlimga va atrof-muhitga ta’siri
salbiy) kabi ranglar bilan tasniflanadi.
Bunda byudjetdan moliyalashtiriladigan har bir tadbirning iqlimga
ta’siri baholanadi.
Misol uchun, elektrda harakatlanuvchi yer usti metro liniyasini qurish
yonilg‘ida ishlovchi mashinalar harakatining kamayishi hisobiga shaharda о‘rta
muddatda atmosferaga zararli gazlarni chiqarishni kamaytiradi. Qisqa
muddatda esa metro qurilishi yashil maydonlarni kamayishiga olib keladi.
О‘rta muddatda ushbu tadbirni moliyalashtirish – yashil xarajat, qisqa
muddatda – jigar rang xarajat.
Yashil byudjet” tizimini joriy qilish uchun Fransiya taraqqiyot
agentligi bilan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə