Va natijadorligini oshirish



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

2021 yilda о‘tkazilgan eksperiment natijalariga kо‘ra, 2022 yilda barcha
tuman va shahar byudjetlarining 5 foizi miqdorida mablag‘lar ushbu
maqsadlar uchun yо‘naltirilishi joriy etildi.
Yillar davomida tо‘planib qolgan muammolarning birdaniga yuzaga
chiqishi aynan qaysi sohalarda muammolar fuqarolar uchun dolzarb
ekanligini kо‘rsatib berdi hamda bundan tegishli xulosa qilgan holda


hukumat tomonidan tegishli choralar kо‘rishni taqazo etdi. Birgina misol,
2021 yilda о‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida fuqarolarni eng kо‘p
qiziqtirgan yо‘nalish sifatida hududiy ichki yо‘llarni ta’mirlash sohasi
kuzatilganini inobatga olib, 2022 yildan boshlab barcha tuman va shahar
byudjetlarida ichki yо‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning
kamida 50 foiz qismi jamoatchilik fikri asosida yо‘naltirish tizimi
joriy etildi. Mazkur yо‘nalish bо‘yicha “Ochiq byudjet” axborot portalida
Mening yо‘lim” loyihasi ishga tushirildi.
Shu bilan birga, joriy yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar
va shaharlar hokimlarining hisobotlarini Oliy Majlis Senatida har
chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etildi.
Ushbu jarayonlarning ochiq va shaffofligini ta’minlash uchun
tashabbusli byudjet jarayoni ijrosi yuzasidan hisobotlarni har chorak
yakunlari bо‘yicha majburiy tartibda tuman va shahar hokimliklari saytida
majburiy e’lon qilish tartibi joriy etilib, mazkur ma’lumotlarni
joylashtirish tartibini buzish – byudjet jarayonini ochiqligi tartibini
buzish sifatida qayd etilishi belgilandi.
Byudjet jarayoni ochiqligini ta’minlash bо‘yicha nazorat qiluvchi organ
sifatida О‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi belgilanib, о‘tgan davr
davomida byudjet ochiqligini ta’minlamagan bir qancha vazirlik va
idoralarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar kо‘rildi.
Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarning qо‘shimcha manbalaridan
foydalanish tо‘g‘risidagi qaror (farmoyish) loyihalarini jamoatchilik
muhokamasidan о‘tkazish uchun uni 10 kun muddatga “E-qaror” elektron
tizimiga joylashtirish amaliyoti yо‘lga qо‘yilishi tuman va shahar byudjeti
qо‘shimcha manbalaridan foydalanishda jamoatchilik nazoratini о‘rnatib,
mablag‘larni maqsadli sarflanishi va eng avvalom bor dolzarb xarajatlar
uchun yо‘naltirilishiga imkon yaratadi.
Shaffoflik sari yana bir qо‘yilgan qadamlardan biri – bu byudjet
mablag‘laridan samarali foydalanish hamda sarflangan mablag‘larning
natijadorligi bо‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida
Ochiq byudjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning byudjet
mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida maqsadli

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə