Va natijadorligini oshirish


Strategik rejalashtirish bosqichi



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

Strategik rejalashtirish bosqichi:
Odatda ushbu bosqich iyun va dekabr oylari mobaynida
shakllantiriladi. Bunda, byudjet bо‘yicha umumiy strategiya va maqsadlarni
shakllantirish, daromad va xarajatlar prognozi, byudjet taqchilligi va qarz
mablag‘lari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda soha
vazirlik va idoralar tomonidan keyingi tо‘rt yillik strategiyalarini
shakllantiradi. Moliya vazirligi tomonidan hukumatning strategik byudjet
va soliq siyosati maqsadlari tо‘g‘risida hujjat tayyorlanadi va 31 martga
qadar Parlament muhokamasiga taqdim etiladi.
Qaror qabul qilish bosqichi:
Ushbu bosqich odatda yanvar va aprel oylari oralig‘ida bо‘ladi. Tarmoq
vazirlik va idoralar tomonidan sohalarini rivojlantirish bо‘yicha
takliflarini ishlab chiqadi va Moliya vazirligiga kо‘rib chiqish uchun taqdim
etadi. Moliya vazirligi ushbu takliflarni tahlil qilgan holda, hukumatga
muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun kiritadi.


Byudjet loyihasini shakllantirish bosqichi:
Hukumat tomonidan qabul qilingan byudjet takliflarini, tarmoq
vazirlik va idoralar tegishli ma’lumotlarni jumladan, byudjet
xarajatlari bо‘yicha talablari va yangilangan ijtimoiy-iqtisodiy
ma’lumotlarini Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Rossiya Federatsiyasi
Rossiya Federatsiyasida dasturiy byudjetlashtirish 2004 yildan boshlab
joriy etish boshlangan. Bunda, ushbu tizimni samarali joriy etish
maqsadida Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2004 yil 22 maydagi “Byudjet
xarajatlarining samaradorligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar
tо‘g‘risida”gi 249-sonli qarori qabul qilingan.
Ma’lumot uchun: Mazkur hujjat byudjet jarayonini 2004-2006
yillarga mо‘ljallangan asosiy maqsadlarini belgilab bergan. Bundan
tashqari, Rossiya Federatsiyasi dasturiy byudjetlashtirish tizimiga tо‘liq
о‘tmagan.
Shu bilan birga, hukumat qaroriga asosan idoralararo maqsadli
dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash bо‘yicha nizom
qabul qilingan1. Idoralararo maqsadli dasturni ishlab chiqish bir sohaning
barcha qatlamini о‘z ichiga oladi. Misol uchun, ta’lim tо‘g‘risidagi dastur
barcha turdagi ta’lim (Oliy, о‘rta, maktabgacha va boshqalar) yо‘nalishlarini
о‘z ichiga oladi.
Federal byudjet xarajatlari jami 52 ta davlat dasturlariga bо‘lingan
bо‘lib, qolgan ayrim turdagi xarajatlar, jumladan Prezident
Administratsiyasi, Bosh Prokuratura, Oliy Sud va boshqalarga dasturlar
ishlab chiqish joriy etilmagan.
Byudjet dasturlari vazirlik va idoralarning buyruqlari asosida
tasdiqlanib, quyi dasturlar ham mavjud. Eng sifatli byudjet dasturlarini
ishlab chiqqan vazirlik va idoralar moddiy rag‘batlantirilishi joriy
etilgan.
Shuningdek, mahalliy darajadagi hokimiyatlarga dasturlar ishlab
chiqish qonuniy majbur qilingan bо‘lib, har bir hokimiyat о‘z ijtimoiy-
iqtisodiy ifratuzilmasidan kelib chiqib dasturlar ishlab chiqishiga ruxsat
berilgan. Mahalliy darajadagi hokimiyatlarga dasturiy byudjetlashtirish
tizimini joriy etish 2016 yildan boshlab tatbiq etilgan.
Ma’lumot uchun: Rossiya Federatsiyasiga yakuniy natija va bevosita
(tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri) natija kо‘rsatkichlari qо‘llaniladi.
1 Rossiya Federatsiyasining 19.04.2005y. “Idoralararo maqsadli dasturlarni ishlab chiqish,
tasdiqlash va ijrosini ta’minlash tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qarori



Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə