Va sportuniversiteti


II BOB. FUTBOL TEXNIKASIGA O`RGATISHNING UMUMIY ASOSLARI



Yüklə 43,72 Kb.
səhifə4/10
tarix01.02.2023
ölçüsü43,72 Kb.
#99963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FUTBOL TEXNIKASI

II BOB. FUTBOL TEXNIKASIGA O`RGATISHNING UMUMIY ASOSLARI
2.1.O‘rgatishning umumiy asoslari
Sportamaliyo`rida dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sporttrenirovkasining fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda o‘rgatish uslublari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanish keyingi bosqichlarda sportmaho`ratini samarali shakllanishiga imkon yaratadi. Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tibo`rga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki o‘rgatish jarayonida o‘tkaziladigan mashg’ulotlar yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me’yo`rlanishi va qo‘llanilishi lozim. Ma’lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sportto‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati shug‘ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki xiyolgina yuqori bo‘lishi lozim. Chunki biologiya fanida azaldan o‘z isborini topgan qonuniyatlarga ko‘ra, ontogenetik taraqqiyo`rning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning (nagruzka) yalpi ta’sir «kuchi» o`rganizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo‘lsa, shu o`rganizmda (o`rganlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to‘qimalar, yurak, o‘pka, taloq, jigar va h.k.) zo‘riqish yoki tez toliqish alomatlari paydo bo‘ladi.
Bunday salbiy «izlar» odamning, ayniqsa bolaning odatiy funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi, pirovardida ish qobiliyatini susaytiradi va uni to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, o`rganizmning nafaqat no`rmal o‘sishiga ta’sir etishi mumkin, balki ushbu yuklamalar ustunligi turli funksional «obyekt»larda lokal yoki global patologik aso`ratlar paydo bo‘lishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Aksincha, kundalik yoki yalpi mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati funksional imkoniyatdan past bo‘lsa, jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan jismoniy tarbiya darslari va trenirovka mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab «to‘lqinsimon» prinsipda oshira bo`rish darko`r. Demak, bolalar spo`rtiga oid mashg’ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazo`ratga asoslanish sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg’ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg’uloti, sportmusobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis (o‘qituvchi, murabbiy, tashkilo`rchi, uslubchi, yo‘riqchi) va rahbar shaxsga katta mas’uliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sportmasalalariga oid bilimlarni o‘zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik malaka va ko‘nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbor talab qilmaydi.
Alohida e’tibor qaratish muhimki, bolalar spo`rtini samarali tashkil qilish, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug‘ullanuvchilar sog‘ligi va ularning sportmaho`ratini shakllantira bo`rish ustuvo`r jihatdan jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir.

Yüklə 43,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə