Va sportuniversiteti


O‘rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka



Yüklə 43,72 Kb.
səhifə8/10
tarix01.02.2023
ölçüsü43,72 Kb.
#99963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FUTBOL TEXNIKASI

2.3. O‘rgatish prinsiplari, vositalari va trenirovka
O‘rgatish jarayonida uslublar va vositalardan foydalanish muayyan tartibda qo‘llaniladigan pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Ushbu prinsiplar quyidagilardan ibo`rat: ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va uzviy bog‘liqlik, mutanosiblik va muvofiqlik, mukammallik, uzluksizlik, «yengildan og‘iriga», «o‘tilganidan o‘tilmaganiga», «oddiydan murakkabga», umumiy va maxsus tayyorgarlik bo`rligi. Mazkur pedagogik prinsiplarni qo‘llash tartibi, xususiyatlari va uslubiy ko‘rsatmalar 9-jadvalda yo`ritilgan.
O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan umumiy
va maxsus pedagogik prinsiplar




T/r

O‘rgatish prinsiplari

Prinsiplarni qo‘llash xususiyatlari va
uslubiy ko‘rsatmalar


Ilmiylik

O‘rgatishda bolalar yoshi, jinsi, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar e’tiborga olinib, mashqlar me’yo`rlanadi. Natija testlar yo`rdamida ilmiy tahlil qilinadi


Onglilik va faollik

O‘rgatilayotgan malaka (harakat)larga ongli tasavvur etilishi zarur, o‘rgatishda bolalar faolligi ta’minlanishi lozim


Muntazamlilik va uzviy bog‘liqlik

Bosqichma-bosqich o‘zlashtiruv, takomillashuv va mukammallashuv ta’minlanadi


Mutanosiblik va muvofiqlik

Mashqlar murakkablik va yuklama salohiyati (hajmi, shiddati, yo‘nalishi, takro`rlanishi va muddati) jihatlaridan shug‘ullanuvchi imkoniyatiga mos bo‘lishi darko`r


Mukammallik

Texnik jihatdan to‘g‘ri o‘zlashtirilgan malakalar takomillashuv asosida turg‘un va barqaro`r darajaga ko‘tariladi


Uzluksizlik

Yildan yilga o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni murakkablashib bo`rishi darko`r, uzilishlarga yo‘l qo‘yish salbiy natijalarga olib keladi


«Yengilidan og‘iriga»

O‘zlashtirishga loyiq yengil yuklamalar progressiv yo‘nalishda, lekin «to‘lqinsimon» shaklda kuchaytirib bo`rilishi kerak


«O‘tilganidan o‘tilmaganiga»

Shug‘ullanuvchi o‘zlashtirgan (unga tanish bo‘lgan) mashqlardan, ya’ni mashqlarga o‘tish, o‘rgatish samarado`rligin oshiradi


«Oddiydan murakkabga»

Eng oddiy mashqlarni o‘rgatish va takomillashtirish davomida sekin-asta murakkablashtirib bo`rilishi lozim


Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligi

O‘rgatish va takomillashtirish jarayonida jismoniy texnik-taktik va psixofunksional tayyorgarlik birligi, ularni o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanishi zarur

Futbolda ham boshqa sport turlari kabi o‘rgatishning asosiy vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. Shuning uchun ular ma’lum bir o‘rgatish bosqichidagi qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha turkumlanadi. Bunday turkumlanishga Futbolchilarning musobaqa faoliyati asos qilib olingan. Shunga bog‘liq holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi: asosiy yoki musobaqa va yo`rdamchi yoki trenirovka.

Yüklə 43,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə