78
2001yilning 11sentyabridagi terroristik faoliyatlar natijasida
AlQoidaning kelib chiqishi va shakllanishi
hamda Usoma ben
Ladenning biografiyasi haqidagi ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘la
boshladi. Usoma ben Ladenning shaxsiyati va uning tashkilo
ti alQoida borasida ushbu bobda ko‘plab mavzular muhokama
qilingan. Ben Ladenning intellektual va ma’naviy shaklla nishining
keng konteksti o‘xshashdir: liberal, demokratik, g‘arbiy sivilizatsiya
ma’naviy mohiyatdan mahrumdir, bu esa
uni Xudo ning yakuniy va
aniq ifodalangan vahiysiga qarshi qo‘yadi. Ushbu mavjud xatar tu
fayli mo‘min G‘arbga imkoni boricha qarshilik ko‘rsatishi va unga
bog‘liq bo‘lgan yoki xususan islom olamidagi u bilan ittifoq bo‘lgan
tuzumlarni buzishi lozim. Tarix to yakuniy, abadiy va osoyishta
musulmon olami o‘rnatiladigan oxirgi qiyomat voqealarigacha is
lomiy haqiqatning ahamiyati pasayib borishidan iboratdir.
1977-yilda Ben Laden Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz univer-
sitetining muhandislik va biznes kursiga qabul qilingan. Undan islom
dinini o‘rganish ham talab qilingan, bu yerda u Abdulla A’zam va
Sayyid Qutbning ukasi, Misr ixvon tashkilotining a’zosi va akasi ning
nashrlarining muharriri Muhammad Qutbning rahnamoligi ostida
o‘zining salafiylik nazariyasini bo yitgan. A’zam Falastin ix von tash-
kiloti hamda Xamasning a’zosi deb topilgan. U 1967-yilgi olti kun-
lik urushda qatnashgan, 1969-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya
qabul qilgan va Iordaniya universitetida islom huquqshunosligi bo‘yi-
cha professor bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u siqib chiqarilgan va
Abdulaziz universitetida ta’lim berishni boshlagan. Uning ravshan va
islom yerlarini qayta tiklash haqidagi tushunchasi ochiq va ravshan
bo‘lgan: «jihod va qurol bitta narsadir: muzokaralar, konferensiyalar
va dia loglarga o‘rin yo‘q». Xalifalik tomonidan boshqarilgan har qan-
day hudud xatto u kichik va yoki bir kishi ning qo‘lidagi hovli bo‘lsa
ham, qayta qo‘lga ki ritilishi shart. Ben Laden uchun bunday fikr ak-
siomadir.
Bir ma’lumotga ko‘ra, Ben Laden 1979-yilda Jome’ masjidi-
ning egallab olinishidan qattiq ta’sirlangan. Shaxsan u uchun mu-
him hisoblangan voqea Afg‘onistondagi Sovet ittifoqiga qarshi urush