Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning huquqiy iqtisodiy asoslari



Yüklə 75,31 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü75,31 Kb.
#165730
1   2   3   4   5
O’zbekistonda EIHlarni tashkil etishning iqtisodiy va xuquqiy asoslari

Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning huquqiy iqtisodiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.


Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirok etdi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash,iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Ko‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Yig‘ilishda bu ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz topshirig‘iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida bo‘sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko‘rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatimizdagi kichik sanoat zonalari 96 taga yetdi.
Bugungi kungacha ushbu hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Yig‘ilishda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik yetishmasligi,erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta’kidladi.
Xususan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.
«Urgut», «Ko‘qon», «G‘ijduvon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar
tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.
Davlatimiz rahbari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagimavjud kamchiliklarni bartaraf etish, investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Avvalo, ushbu zonalar faoliyatini rivojlantirishga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 ta vazirlik va idoradan iborat edi. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.
Shuningdek, iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini kreditlash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Shu jihatdan, yig‘ilish davomida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti, deb yozadi “Biznes-Daily”.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yi­cha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil telefonlargacha bo‘lgan turli mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi.
Hozir Xitoy tovarlarini dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foi­zi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti.
Alohida qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor.
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Yüklə 75,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə