Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi



Yüklə 163,86 Kb.
səhifə25/45
tarix11.12.2023
ölçüsü163,86 Kb.
#146286
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi

Ryukzak algoritmi


Bizga ma‘lumki ma‘lumotlarni yoki axborotlarni sir saqlash yoki ikkinchi tomonga maxfiy axborotlarni yetkazish vazifasi yuklatiladigan bo‗lsa, hеch qanday muammolarga uchramasdan bu masalani hal etishimiz


mumkin. Chunki hozirgi kunda bunday masalalarning yechimini topish maqsadida 250 mingdan ortiq axborotlarni himoyalash uchun algoritmlar ishlab chiqilgan. Bu algoritmlarning har birining o‗z muallifi mavjud.
Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlansa, maxfiy kalit yordamida dеshifrlanadi.
Ochiq kalitli tizimlarini qo‗llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funksiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. x ma‘lum bo‗lsa, y=f( x ) funksiyani aniqlash oson. Ammo uning ma‘lum qiymati bo‗yicha x ni aniqlash amaliy jihatdan mumkin emas. Kriptografiyada yashirin dеb ataluvchi yo‗lga ega bo‗lgan
bir tomonli funksiyalar ishlatiladi. z paramеtrli bunday funksiyalar
quyidagi xususiyatlarga ega. Ma‘lum z uchun Ez va Dz algoritmlarini
aniqlash mumkin. Ez algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x uchun fz ( x ) funksiyani osongina olish mumkin. Xuddi shu tariqa Dz algoritmi yordamida joiz qiymatlar sohasidagi barcha y lar uchun tеskari
funksiya x=f-1( y ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joiz qiymatlar sohasidagi barcha z va dеyarli barcha, y uchun hatto Ez ma‘lum
bo‗lganida ham f-1( y )ni hisoblashlar yordamida topib bo‗lmaydi. Ochiq kalit sifatida y ishlatilsa, maxfiy kalit sifatida x ishlatiladi.
Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‗zaro muloqotda bo‗lgan subyеktlar o‗rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‗qoladi. Bu esa o‗z navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi.
Ryukzak masalasini ilk bor Ralf Merkel va Martin Xelman tomonlaridan bir biriga bog‗liqsiz ravishda 1978 yili yaratilgan. U birinchi ochiq kalitli kriptotizim edi, lekin afsuski u kutilgan natijani bermadi va ommalashmadi. Bu algoritmning 1997 yilda patent muddati tugagan.

Yüklə 163,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə