Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


BOB. KALITLARNI ALMASHISH ALGORITMLARI



Yüklə 163,86 Kb.
səhifə33/45
tarix11.12.2023
ölçüsü163,86 Kb.
#146286
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi

BOB. KALITLARNI ALMASHISH ALGORITMLARI


Kalitlarni almashish algoritmlari asosan ikki va undan ortiq tomonlarning himoyalanmagan kanalda ma‘lumotlarni bir-biriga uzatishdan oldin simmetrik algoritmlar uchun shifrlash kalitlarini hosil qilish uchun ishlatiladi. Algoritmlar shifrlash va elektron raqamli imzo shakllantirish uchun qo‗llanilmaydi.




    1. Diffi-Xеlman algoritmi


Bu algoritm 1976 yilda Whitfield Diffie va Martin Hellmanlar tomonidan taklif etilgan. 2002 yilda Xelman bu algoritmni yaratishda Ralf Merklning hissasi kata ekanligini va nomlash lozim bo‗lsa Diffi-Xelman- Merkl deb nomlanishi kerakligini aytgan.


Algoritmni ikkita tomon uchun ko‗rib chiqaylik. 1-tomon A, 2-tomon B bo‗lsin. Himoyalanmagan kanal orqali ma‘lumotlarni almashishdan oldin quyidagilar bajariladi: n – katta tub son tanlanadi, g natural son tanlanadi, u n dan kichik va darajalari n moduli bo‗yicha qoldig‗i takrorlanuvchi siklga tushmaydigan son bo‗lishi kerak.

  1. A tomon: ∀ x < n bo‗lgan katta son tanlaydi va hisoblaydi: A=g x mod n va natijani B tomonga jo‗natadi. B tomon uni qabul qilib oladi.

  2. B tomon: ∀ y < n bo‗lgan katta son tanlaydi va quyidagi formula bo‗yicha B=g y mod n natijani hisoblab A tomonga jo‗natadi. A tomon uni qabul qilib oladi.

  3. A tomon: B tomon jo‗natgan ma‘lumotni o‗zining tanlagan soni x darajaga oshirib hisoblaydi va kalitni hosil qiladi: B x mod n = g xy mod n – kalit.

  4. B tomon: A tomon jo‗natgan ma‘lumotni o‗zining tanlagan soni y darajaga oshirib hisoblaydi va kalitni hosil qiladi: A y mod n = g xy mod n – kalit.

Topilgan g xy mod n qiymatdan kalit sifatida foydalaniladi. Algoritmdan tomonlar uchta va undan ko‗p bo‗lganda ham foydalanish mumkin.



    1. Yüklə 163,86 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə