Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi



Yüklə 163,86 Kb.
səhifə34/45
tarix11.12.2023
ölçüsü163,86 Kb.
#146286
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi

Hughes algoritmi


Ikkita tomon uchun ko‗rib chiqaylik. 1-tomon A, 2-tomon B bo‗lsin. Himoyalanmagan kanal orqali ma‘lumotlarni almashishdan oldin quyidagilar bajariladi: ∀ n katta tub son tanlanadi. g soni g


    1. A tomon: ∀ x x

mod n va hech kimga jo‗natmaydi.

    1. B tomon: ∀ y y

mod n va natijani A tomonga jo‗natadi.


    1. 1 1
      A tomon: B x mod n = A hisoblaydi va A ni B tomonga jo‗natadi.

    2. B tomon: z=y 1 mod n ni hisoblaydi.


1

A
z mod n = B xz mod n = g xyz mod n=g x mod n – ushbu almashinuvchi
kalit hisoblanadi.
Ushbu algoritmdan foydalanib, tomonlar soni uchta yoki undan ko‗p bo‗lgan hollarda ham amalga oshirish mumkin.
Bu algoritmning Diffi-Xelman algoritmiga nisbatan qulaylik tomonlari maxfiylikning yanada ortishida va bajariladigan amallar sonnining kamayganida ham ko‗rish mumkin. Bundan tashqari kalitlarni almashish algoritmi tomonlar sonining qanchalik ortishi bilan kalitning maxfiylik darajasi ham shunchaga ortishi ko‗plab tizimlardagilarga ma‘qul tushgan. Ushbu algoritmdan hozirda ko‗plab soha tizimlarida foydalanib kelinmoqda.
  1. BOB. ELЕKTRON RAQAMLI IMZO


Keyingi yillarda elektron tijorat jahon bo‗ylab jadal rivojlanmoqda. Tabiiyki, bu jarayon moliya-kredit tashkilotlari a‘zoligida amalga oshiriladi. Savdoning bu turi ommalashib bormoqda. Xorijlik yetakchi mutaxassislar fikriga ko‗ra elektron tijorat jarayonining rivojlanishi asosan axborot xavfsizligi sohasidagi taraqqiyot bilan belgilanadi. Axborot xavfsizligi – axborot egasi va undan foydalanuvchining moddiy va ma‘naviy zarar ko‗rishiga sabab bo‗luvchi ma‘lumotning yo‗qotilishini, buzilishini, ochilish imkoniyatini yo‗q qiluvchi, tasodifiy va atayin uyushtirilgan ta‘sirlarga axborotning bardoshliligidir. Axborot xavfsizligiga erishishda bazis vazifalar – axborotni konfedensialligi, to‗liqligi, unga erkin kirish yo‗li va huquqiy ahamiyatini ta‘minlashdir.


Huquqiy ahamiyatga ega bo‗lgan elektron hujjat almashinuvi (EHA) bugungi kunda munozarali mavzu darajasidan real xizmat turiga aylandi. Bu xizmatga talab fond bozorida elektron savdoning rivojlanishi bilan kundan-kunga oshib bormoqda.
―Internet orqali savdo‖ni amalga oshirish avval amal qilgan tizimdan butunlay farq qiladi. Avvaldagi kabi maxsus aloqa kanali orqali savdo tizimiga kirish huquqiga xuddi o‗sha savdo qatnashchisining o‗zi javob beradi. Biroq treyder mijozning ―qog‗oz‖ talabnomalarini savdo terminaliga o‗z qo‗li bilan kiritish imkoniyatidan tashqari, mijozlarda
―shlyuz‖ dasturi orqali talabnomalarni shaxsan o‗zlari to‗ldirgan elektron va kompyuter tizimlari orqali yo‗naltirgan shakllarini savdo tizimiga yuborish imkoniyati tug‗ildi. Elektron talabnomalarni qayta ishlash jadalligi ularni birma-bir qo‗lda tekshirishdan ming marotaba tezroq amalga oshadi. Bunday talabnomalar tayyorlanadi va kirish nazoratiga maxsus dasturiy ta‘minot orqali o‗tkaziladi. Nazoratning muhim bosqichlaridan biri talabnomaning aslligi va muallifligini tekshirilishdadir. Ya‘ni, talabnoma matni yuboruvchidan qabul qiluvchiga kompyuter tizimi orqali yetkazib berish jarayonida buzilmaganligini va aynan uni yuborgan shaxs (firma) nomidan kelganligi aniqlanadi. Endilikda hujjat kuryer tomonidan disketada yoki Internet tarmog‗ining ochiq kanallari orqali kelganmi – bu muhim rol o‗ynamaydi. Tekshirish jarayoni shunday ishonchli bo‗lishi kerakki, sudda ishni ko‗rish holatida sudya bahsli masalani hal qilishda tekshiruv natijalaridan foydalanishga rozi bo‗lishi kerak.
An‘anaviy imzodan farqli ravishda elektron raqamli imzo (ERI) shaxs bilan emas, hujjat va yopiq kalit bilan bog‗liq. Agar sizning ERI saqlagan disketangizni kimdir topib olsa, tabiiy u sizni o‗rningizga imzo
qo‗yishi mumkin. Lekin imzoni oddiy imzo kabi bir hujjatdan ikkinchisiga o‗tkazish imkoniyati yo‗q. Har bir hujjat uchun u takrorlanmasdir. Shu yo‗l bilan ERI bilan imzolangan hujjatni qabul qiluvchi shaxs berilgan hujjatni matni va muallifligi o‗zgartirilmaganligi bilan kafolatlanadi.
Respublikamizda internet biznes rivojlanish bosqichidagi istiqbolli, yangi tijorat faoliyatidir. Bu yo‗nalishda biz ham birinchi qadamni tashladik va bizni ham jiddiy axborot xavfsizligi muammolari kutyapti. Tahlillarga ko‗ra O‗zbekistonda elektron tijoratning shiddat bilan o‗sishi ERI ning online operatsiyalarda rasmiy ravishda keng qo‗llanilishi bilan boshlanadi.
Hozirda ERI Internet orqali axborot almashishning qonuniy rasmiylashtirilgan jarayoni hisoblanadi. Jumladan, 2003 yil 11 dekabrda 562-II-son Ozbekiston Respublikasi ―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖ va 2004 yil 29 aprelda 611-II-son ―Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida‖ qonuni qabul qilindi. Bundan maqsad elektron raqamli imzodan foydalanish va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdir. Qonunga ko‗ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan maxsus organ amalga oshiradi. Bularga muhim komponent sifatida bir qator normativ hujjatlar, davlat standartlari va O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.
2005 yil 8 iyulda O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ERI dan foydalanish sohasi bo‗yicha maxsus vakolatli organ, deb e‘lon qilindi va 2006 yilning 15 martida O‗zbekiston Respublikasida internet-banking, himoyalangan hujjat aylanishi, elektron tijorat rivojlanishida muhim o‗rin egallaydigan ochiq kalitli infratuzilma texnologiyalaridan foydalanuvchi ERI kalitlarini ro‗yxatdan o‗tkazuvchi markaz ochildi.
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) qoshidagi ERI kalitlarini ro‗yxatga olish markazi tomonidan ERI va milliy standartlar asosidagi shifrlashdan foydalanadigan himoyalangan E-XAT elektron pochta tizimining dasturiy ta‘minoti ishlab chiqildi. Berilgan xizmatdan ommaviy foydalanish maqsadida himoyalangan E-XAT elektron pochta tizimi ―UzNet‖ filialining ma‘lumotlar uzatish tarmog‗iga o‗rnatildi va hozirda bu xizmatdan internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchilarga ochiq kalitlar infratuzilmasi, undagi huquqiy va texnologik tartibga solishni takomillashtirish masalasini ko‗rib chiqish, axborot xavfsizligi sohasida texnologik yechimlar va yangi yutuqlar, mahsulotlardan boxabar etuvchi www.pki.uz sayti ham ishlab chiqildi.
Yuqorida aytib o‗tilgan ma‘lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, O‗zbekistonda elektron biznes uchun yetarli sharoitlar, imkoniyatlar bor, faqat ular ustida tadqiqotlar olib borib, kamchiliklar, muammolarni bartaraf etish bilan takomillashgan xavfsiz, ishonchli virtual savdo maydonini yaratish mumkin. ERI va axborot xavfsizligi sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish va ularni tan olish yanada faol va raqobatbardosh, ishonchli ERI vositalarini xalqaro axborot hamkorlik sohalarida joriy etishga imkon tug‗diradi.
ERI dan foydalanishning afzalliklarini IT- kompaniyalariga, axborot almashinuv bilan shug‗ullanadigan tashkilot, davlat va nodavlat muassasalari mutasaddilariga tushuntirilib, targ‗ibot ishlarini olib borish kutilgan natijani beradi. Amaldagi qonunlar esa xavfsiz elektron hujjat almashinuvini ta‘minlab, xalqaro doirada istiqbolli, o‗zaro manfaatli shartnomalarni tuzish, tovar va xizmatlarni virtual olamda ishonch bilan keng ko‗lamda taqdim etish imkoniyatini beradi.
Elektron raqamli imzo quyidagi hususiyatlarga ega:

  1. Axborotni shifrlamasdan ochiq holatda qoldiradi.

  2. Imzoni tekshirish imkoniyati kafolatlanadi.

  3. Imzo sifatida sonlar juftligi keltiriladi.




    1. Yüklə 163,86 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə