Vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet



Yüklə 171,24 Kb.
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü171,24 Kb.
#158760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
BAHTIYOROV MASHHUR


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTET

«MAKROIQTISODIYOT» fanidan
KURS ISHI

Mavzu: “XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI;MILLIY IQTISODIYOTGA IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR.


Bajardi: 212 – guruh guruhi talabasi Bahtiyorov Mashhur


Kurs ishi himoya qilingan sana “____” 2023y.


Baho “_____” ___________

Ilmiy rahbar: __________ ____________________
Komissiya a’zolari: __________ ____________________
__________ ____________________



Urganch – 2023 yil
MAVZU:XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI;MILLIY IQTISODIYOTGA IMKONIYATLAR VA TAHDIDLAR.
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM:
I Bob.Xalqaro mehnat taqsimoti nazariyalari.
1.1 Xalqaro mehnat taqsimoti haqida tushuncha mohiyati va uni shakllantiruvchi omillar.
1.2 Nisbiylik va Mutlaq ustunlikning mehnat taqsimotiga ta’siri.
1.3Xalqaro mehnat taqsimotida TMKlarning o’rni.
II Bob.Milliy iqtisodiyotda mehnat taqsimotining o’rni.
2.4.O’zbekistonning mehnat taqsimoti bo’yicha ixtisoslashgan sohalari.
2.5.XMTning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy tomonlari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YHATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri, makroiqtisodiyotga taalluqli, jamiyat va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bunga asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga muvaffaq bo‘lish mumkin. Ishchi kuchidan samarali foydalanish, ko‘pincha, bajarilishi zarur bo‘lgan har xil ishlar (xizmatlar) ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishiga, chunonchi ular ish bilan malakasiga, tajribasiga va hatto zukkoligiga yarasha bab-baravar ta’min etilishiga bog‘liq. Masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, bajarilishi zarur bo‘lgan mehnatni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida puxta o‘ylab, oqilona taqsimlash lozim. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida mehnat faoliyati bilan bandlikni tushunamiz. «Mehnat taqsimoti» atamasi xodimlarning mehnat funksiyalarini aniq belgilashni va birgalikdagi faoliyat davomida ularni chegaralab, ajratib qo‘yishni anglatadi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatidagi tabiiy va zaruriy jarayon bo‘lib, uning kerakligi va ahamiyati ko‘pgina olimlar tomonidan isbotlab berilgan. Chunonchi, Markaziy Osiyolik Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino ham bu masalaga alohida e’tibor berganlar. 4.2. Mehnat taqsimotining shakllari Korxonalarda mehnat taqsimotining turli shakllari qo‘llaniladi. Bu shakllardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlarini ko‘rib chiqamiz. 37 Texnologik mehnat taqsimoti – ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlash (peredel), faza sikllariga qarab bo‘linadi. Bunda eng muhimi, ularning bajarilishi texnologik jihatdan bir xil bo‘lishidir. qayta ishlash va fazalar ayrim ishlar: chilangarlik (tokarlik, slesarlik), payvandchilik (svarshiklik), qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo‘lakdan iborat bo‘lgan qolip (shtamp) orasiga olib urib, buyum tayyorlash va hokazolardan iborat bo‘ladi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish jarayonlari sodir qilinadi. Funksional mehnat taqsimoti qo‘llanilganida birovlar asosiy ishni bajarishga ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash-yakunlash, xizmat ko‘rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon bilan band bo‘lgan ishchilar, navbatchi ta’mirlash ishchilari, ishlab chiqarish xonalarini yig‘ishtiruvchi (farrosh)lar bo‘ladi. Malakali mehnat taqsimoti yoki bajariladigan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsimlash murakkab ishlar bilan oddiy ishlar bir-biridan ajratilishidan iborat. Shu bilan birga mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda, tayyorgarlik funksiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, sifatni nazorat qilishdagi murakkabliklar nazarda tutiladi. Amallar bo‘yicha mehnat taqsimoti – ishchilar mehnatini eng to‘la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish amalining tarkibiy qismlariga bo‘linadi. Masalan, maxsus bolt tayyorlashning texnologik jarayoni temirchilik – metall toblash, chilangar (tokar) – yo‘nish, naqsh solish, frezerlik – bolt boshidagi qirralarini frezerlash amallaridan iborat bo‘ladi. Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda xodim ishning, xizmatning ma’lum bir turida ixtisos topadi, shu ishning bajarilish texnikasini va tartibini puxta egallab oladi, zarur ko‘nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob-uskunalar va moslamalar ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat taqsimotida xodimlarni u yoki bu soha, yo‘nalish bo‘yicha tayyorlash ham osonroq kechadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining amaliyotda mehnat taqsimotining quyidagi shakllari ham bor: funksional mehnat taqsimoti; texnologik mehnat taqsimoti; malakali mehnat taqsimoti. Xodimlar alohida guruhlarining ishlab chiqarishdagi vazifalari va roli ijtimoiy xarakteriga binoan taqsimlanishi funksional taqsimot deyiladi. Asosiy funksional guruhlarga quyidagilar kiradi: xodimlar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmatchi xodimlar (farroshlar, garderobchilar, xat tashuvchilar) va qorovullar (qo‘riqchilar va yong‘indan saqlovchilar). Xodimlar guruhi asosiy va yordamchi xodimlarga bo‘linadi. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida asosiy mahsulotni bevosita tayyorlashda qatnashuvchi xodimlar (to‘quvchilar, ip yigiruvchilar, matolarni bo‘yovchilar) asosiy xodimlar hisoblanadi. Yordamchi xodimlar asosiy xodimlarning normal, uzluksiz ishlashini ta’minlashadi. Vazifalar va ularni bajarish uchun kerakli mehnat ko‘nikmalarining texnikaviy xususiyatlariga qarab funksional guruhlar ichida kasb va ixtisoslar bo‘yicha mehnat taqsimoti professional yoki texnologik mehnat taqsimoti, deyiladi. To‘qimachilik ishlab chiqarishida, masalan, yigiruvchilik, xususan, to‘qimachilik va hokazolar ana shunday taqsimotga misol bo‘la oladi. Professional mehnat taqsimotining ikki xili bor: predmetli (detalli) va operatsiyali mehnat taqsimoti. Predmet mehnat taqsimotida xodim tayyor buyum yoki qism ishlab chiqaradi. Operatsiyali mehnat taqsimotida esa buyumni (detalni) tayyorlash qator amallarga bo‘linib, har qaysi amalni alohida xodim bajaradi. Feodalizm jamiyatida sex hunarmandchiligi ko‘rinishidagi predmetli mehnat taqsimoti hukmron bo‘lib, unda har bir usta (aravasoz, etikdo‘z, temirchi, kulol, qo‘xnado‘z va h.k) bitkazib, tayyor qilingan buyum chiqarishga ixtisoslashgan. Bunda tor ixtisoslashuv hunarmandchilik mehnat qurollari negizida mehnat samaradorligining keskin o‘sishini ta’minlaydi



Yüklə 171,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə