Vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet


Qiyosiy ustunlik nazariyasi



Yüklə 171,24 Kb.
səhifə7/9
tarix24.12.2023
ölçüsü171,24 Kb.
#158760
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BAHTIYOROV MASHHUR

1.2 Qiyosiy ustunlik nazariyasi
A.Smitdan farqli o‘Iaroq, David Rikardo mamlakatlar o'rtasidagi tovar
ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb hisobladi. Yuqorida
qayd qilib o‘tganimizdek xarajatlarda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmagan
mamlakatlar nima qilishlari kerak? Bir qator misollar bilan D.Rikardo
“xarajatlardagi mutlaq ustunlik” mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning
zarur sharti emasligini isbotlab berdi. Savdo qilayotgan mamlakatlar o'rtasida
qiyosli xarajatlar farq qilishi kifoya.Shu asosda D.Rikardo qiyosiy ustunlik
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida hamma tan
olgan nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki,
bar bir mamlakat o‘zining muayyan tovami ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari
bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o‘rtasidagi farqni qiyoslab o‘rgangan
holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarqi ishlab chiqarish bir mamlakat
uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq boMishi mumkin. Shu bois qiyosli
ustunlik nazariyasiga binoan mamlakatlar xarajatlami hisobga olgan holda u yoki
bu mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugal iyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab
chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100
kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning
o‘zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lsa
ham, bu sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap
shundaki, resurslami gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta
qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan vino tayyorlash tarmog‘iga o‘tkazib, Portugaliya
vinoni ayirboshlash yo‘li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10
kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash
Angliya uchun ham foydali, negaki u o‘z kuchini gazlama ishlab chiqarishga
sarflab, gazlamani sotish yo‘ii bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining
mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin
(ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko‘rinadiki,
qiyosiy ustunlik mavjud bo‘lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat
uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o'rtasida mehnat taqsimoti va ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.Qiyosli xarajatlar g‘oyasi bu
o‘zaro foyda ko‘rish g‘oyasidir. Unga ko‘ra Fransiya va Portugaliyada vino
tayyorlanishi, Amerika va Polshada don yetishtirilishi, Angliyada metall buyumiari
va boshqa tovariar ishlab chiqarilishi kerak”. Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida
bir qator soddalashtirishiar mavjud bo‘lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo‘ladigan
qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli bu ikki mamlakat o‘rtasidagi
savdo modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning o'zgarishini, savdo
qilayotgan mamlakatlaming unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlami ham hisobga
olmaydi.Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning naqadar
donishmand ekanligini namoyon etadi. Mazkur nazariya orqali u erkin savdoning
shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning xalqaro chegaralardan tovarlar
o‘tishidan olinadigan samara tahlilini kengaytirdi. Agar A mamlakati В
mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar ishlab chiqarsa, В mamlakati esa boshqa
tovami A mamlakatga qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham
hududiy ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro savdo terminologiyasida aytilganidek, agar bir mamlakat biron-bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo'lsa, boshqa mamlakat esa boshqa tovami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikga ega bo‘lsa, ularning har biri tovar ixtisoslashuvi orqali boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib samara olishlari mumkin. Iqtisodiy ta’limotlar tarixchilari qiyosiy ustunliknazariyasining asoschisi kimligini aytishda bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill (1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo‘lmasin bu keyingi iqtisodiy ta’limotlariga ta’sir ko‘rsatgan Rikardoning qarashlaridan biri edi.

Yüklə 171,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə