Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix09.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#121514
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari

 
Umumiy tahlili 
Muloqotchanlik darajasi ancha past (30 balldan 32 ballgacha) darajasini 
izohlab turibdi. Bu tipdagi o‘smirlarning muloqotchanlik darajasi ancha pastligi 
juda ham jiddiy muammo. Chunki bundan avvalo o‘zlari aziyat chekadilar. Biroq 
bunday hollarni yaqinlariga ham oson tutib bo‘lmaydi. Eng asosiysi hamkorlikdagi 
faoliyatni talab qiluvchi ishlarni ularga ishonib toshpirib bo‘lmaydi. Bunday 
o‘smirlarda muloqotchanroq bo‘lishga, o‘zlarini boshqarishga harakat qilishlariga 
ko‘maklashish lozim. 
Yolg’izlanishni yaxshi ko‘rish (25 balldan 29 ballgacha) darajasini izohlab 
turibdi. Mazkur tipdagi o‘smirlar yolg’izlanishni yaxshi ko‘radilar, shuning uchun 
ham ularning do‘stlari kam. Notanish odamlar bilan tanishish, notanish joylarga 
borish zarurati ularning halovatini buzadi. Bu xususiyatlarini o‘zlari ham biladi va 
o‘z-o‘zidan norozi bo‘ladi. Lekin faqat norozilik bilan cheklanmasdan — 
xarakterni ham o‘zgartirishga erishishlari o‘zlarining qo‘lida ekanliklarini 
tushuntirishshart. Eslatib ko‘ring: birorta ishga qiziqib ketganlarida ancha 
muloqotchang bo‘lib qolgan-ku! 
Ma’lum darajada muloqotchanlik (19 balldan 24 ballgacha) darajasini 
izohlab turibdi. Bu tipdagi o‘smirlarga xos bo‘lgan xususiyatlar deb quyidagilarni 
izohlashimiz mumkin: ma’lum darajada muloqotchan va notanish vaziyatda o‘zini 
yo‘qotib qo‘ymaydi, yangi muammolar esa ularni qo‘rqitmaydi, ammo 
notanishshaxslar bilan muloqot qilishda ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi va 
bahs - munozaralarga bajonidil qo‘shilmaydilar. Ba’zida gaplarida asossiz kinoya - 


82 
kesatiq so‘zlar ko‘payib ketishi mumkinligini inobatga olgan holda munosabatga 
kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yetarlicha muloqotchanlik (14 balldan 18 ballgacha) darajasini izohlab 
turibdi. Bunday o‘smirlar yetarlicha muloqotchan, qiziquvchan, suhbatdoshi qiziq 
narsalar haqida gapirganda, uni diqqat bilan tinglaydi. Muloqotda ancha sabrli, o‘z 
nuqtai nazarini hissiyotga berilmay himoya qila oladi. Notanish odamlar bilan 
suhbatlashishga to‘g‘ri kelganida, bezovta bo‘lmaydi, ayni paytda shovqin-suronli 
davralarni yoqtirmaydi, birovning bachkana qiliqlari va ko‘p gapirishi 
boshqalarning g‘ashiga tegishi mumkin. 
Muloqotchanlik, ba’zida me’yoridan ortiq (9 balldan 13 ballgacha) darajada 
deb topildi. Bunday vaziyatda o‘smir juda muloqotchan (ba’zida me’yoridan ortiq), 
qiziquvchan, gapdon,har xil masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishni yaxshi 
ko‘radigan, bu esa ba’zida atrofdagilarni g‘ashiga tegishi ham mumkin. Notanish 
odamlar bilan bajonidil tanishadilar va odamlarning diqqat markazida bo‘lishni 
yoqtirishadi. Hechkimningiltimosiniyerda qoldirmaydi,lekin berilgan hamma 
va’dalarni ham bajara olmasligi mumkin.Ba’zida jaxl ustida qattiq gapirib 
yuboradilar, biroq tezda jahlidan tushadi.Jiddiy muammolar bilan to‘qnash 
kelganlarida ularda sabr- toqat yetishmaydi, ammo xohlasa hech qanday muammo 
oldida taslim bo‘lmasliklari mumkin. 
Muloqotchanlik, juda me’yoridan ortiq (4 balldan 8 ballgacha) darajasini 
izohlab turibdi. Ushbu tipdagi o‘smirlarda muloqotchanlik me’yoridan ortiq 
bo‘lganligi uchun gaplari ichiga sig‘maydi. Har xil bahs-munozara, tortishuvlarda 
qatnashishni xushko‘radilar lekin jiddiy mavzular ularni zeriktirib qo‘yishi 
mumkin. Biror masala bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lmasa ham, ushbu masala 
yuzasidan so‘zga chiqishga tayyordirlar. Hamma joyda o‘zlarini erkin his etishlari 
har qanday ishga kirishib ketaverishlari hamma har doim ham uni oxirigacha 
yetkazmasliklari oqibatida yon-atrofdagilar unga biroz xavotir va shubha bilan 


83 
qaraydilar. O‘smirlarning bu kabi negativ xususiyatlarini bartaraf etishlari 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Me’yoridan ortiq muloqotchanlik (3 va undan kam ball) darajasi aniqlandi. 
Ushbu o‘smirlarning muloqotchanlik darajasi me’yordan ortiq. Juda sergap
o‘zlariga aloqasi bo‘lmagan ishlarga aralashaveradi, hal etishga qurbi yetmaydigan 
muammolarni bartaraf etishga kirishaveradi, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda har 
xil nizolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qoladi. Ancha xafalanuvchan, 
jazavaga moyil bo‘lganligi uchun ularning zimmasiga jiddiy ishlarni yuklab 
bo‘lmaydi. Bunday o‘smirlarga xarakterini o‘zgartirish ustida ishlashlari tavsiya 
etiladi. Avvalo, sabr-toqatni, vazminlik va bosiqlikni tarbiyalash, boshqalarga 
hurmat ko‘zi bilan qarashni o‘rganish, eng muhimi o‘z sog‘lig‘i haqida 
qayg‘urishga harakat qilinmas ekan, bunday hayot tarzining oqibatlari jiddiy 
bo‘lishi mumkin.
. “Yolg’izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” tahlili 
“Yolg’izlikni subyektiv his qilishni o‘rganish metodikasi” (Yolg’izlikni 
o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi). Bu metodikani o‘tkazishdan oldin 
biz sinaluvchilarga quyidagicha yo‘riqnoma beradik: “Quyida berilgan holatlarni 
qanchalik tez – tez his etishingizni ko‘rsating. Buning uchun “hech qachon”, 
“kamdan - kam”, “ba’zida”, “tez - tez”, javoblarida biriga to‘g‘ri keluvchi ballni 
doira ichiga olib qo‘ying”. (1- ilova) 
Shkalaning umumiy bali barcha fikrlarga bildirlgan javoblar uchun 
to‘plangan ballar qo‘shib chiqishyo‘li bilan aniqlanadi. Yolg’izlikning maksimal 
ko‘rsatkichi 80 ball. 
1-daraja – yolg’izlik hissining yuqori darajasi, omillarning kamida bittasi 
bo‘yicha yolg’izlik hissining o‘ta kuchayib ketganligi ( 54 – 80 ball),


84 
2-daraja – yolg’izlik hissining o‘rta darajasi, individ ijtimoiy – psixologik 
aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissini susaytirishga 
qodirligi ( 28 – 53 ball), 
3-daraja–yolg’izlik hissining past darajasi, og‘ir yolg’izlik hissining yo‘qligi 
( 0 – 27 ball). 
Natijalar sifat jihatidan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik 
aloqalar darajasiga e’tibor berishkerak. “Yolg’izlik shkalasidan” kelib chiqib ushbu 
aloqaning uch o‘lchamini baholash mumkin: 
1. “Yaxshi ko‘rishadi” – emotsional komponent. 
2. “Tushunishadi” – kognitiv komponent. 
3. “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponent. 
Har bir o‘lchamga mos keluvchi savollar miqdori va ballar yig‘indisi teng 
emasligini hisobga olib, natijalar xolisligini ta’minlash maqsadida barcha 
o‘lchamlar uchun o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblab topishkerak. 
Uchinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “tashqi” psixologik 
aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va tashqi begonalashuvning mavjudligini 
aniqlash imkonini beradi. 
Birinchi va ikkinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “ichki” 
psixologik aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va ichki begonalashuvning 
mavjudligini aniqlash imkonini beradi. 
Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi bo‘yicha 
o‘tkazilgan tadqiqotlar, ushbu shkala natijalari va quyidagi ko‘rsatkichlar 
o‘rtasidagi korrelyatsiya yuqori ekanini ko‘rsatadi: shaxsga oid va o‘z – o‘zini 
baholash bilan bog‘liq xavotirlik, ajralib qolish va autism, depressiya, 
begonalashganlik va umidsizlik hislarining keskinlashgani.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə