Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


TO‘SIQ 15.1. To‘siq qo‘yish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə28/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
valiybolllll

15. TO‘SIQ
15.1. To‘siq qo‘yish.
15.1.1. To‘siq qo‘yish – to‘r yaqinida raqib tomonidan o‘tkazilayotgan to‘p (zarba, uzatish, aldash) yo‘nalishini sakrab to‘sish yoki raqib tomoniga qaytarish demakdir (7.4.1).
To‘siq qo‘yish faqat oldingi chiziq o‘yinchilari ishtirokida amalga oshiriladi.
15.1.2. To‘siq qo‘yishga intilish — bu to‘siq qo‘yish uchun qo‘llarni to‘p ustiga chiqarganda to‘pning qo‘lga tegmagan holatdir.
15.1.3. To‘siq qo‘yilgan deb to‘pning to‘siq qo‘ygan o‘yinchi qo‘llarig tekkanligiga aytiladi.
15.1.4. Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish.
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishda ikki yoki uch o‘yinchi bir—biriga yaqin joylashgan holda ishtirok etadi. Agar bu o‘yinchilarning birortasiga to‘p tegsa, to‘siq qo‘yildi, deb hisoblanadi.
15.2. To‘siq qo‘yishda to‘pning to‘siqqa tegishi.
To‘p to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarning bittasi yoki bir nechtasiga birvaqtning o‘zida tegishi mumkin. Bu holda to‘p to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi tanasining hohlagan qismiga tegishi mumkin.


15.3. To‘siqning raqib tomonida qo‘yilishi.
To‘siq qo‘yish raqib o‘yinchisining o‘yiniga halaqit bermagan holda raqib tomonida ijro etilishi mumkin. Raqib hujum zarbasini ijro etmasdan oldin to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar to‘pga tegmasliklari kerak (14.1.1).
15.4. To‘siq qo‘yish va jamoaning zarbasi.
15.4.1. To‘siq qo‘yishda to‘pning to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘liga (tanasiga) tegishi ularning zarbasi, deb hisoblanmaydi. Binobarin, to‘p to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar qo‘liga (tanasiga) tekkandan so‘ng jamoaga yana uch marta o‘ynash imkoniyati beriladi (10.1).
15.4.2. To‘siq qo‘yilgandan so‘ng to‘p bilan birinchi o‘ynash istalgan o‘yinchi ishtirokida amalga oshirilishi mumkin (14.2.4).
15.5. Kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yish.
Kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yish mumkin emas.
15.6. To‘siq qo‘yishdagi xatolar:
15.6.1. Agar to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi raqib tomoniga qo‘llarini o‘tkazib, to‘pga raqibdan oldi yoki u bilan bir vaqtda tegsa (15.3.);
15.6.2. Agar orqa chiziq o‘yinchisi to‘siqda ishtirok etsa; (15.1, 15.5, 20.3.1).
15.6.3. Raqib tomonidan kiritilayotgan to‘pga to‘siq qo‘yilsa (15.5).
15.6.4. To‘siqdan to‘p maydon tashqarisiga tushsa (9.4).
15.6.5. Maydonni chegaralovchi to‘r ustidagi antennadan tashqari bo‘shliqda to‘siq qo‘yilsa.
15.6.6. Agar libero o‘zi yoki guruh tarkibida to‘siq qo‘ysa (20.3.1, 5.1).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə