Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


To‘p kiritishni ijro etish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə26/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
valiybolllll

13.4 To‘p kiritishni ijro etish.
13.4.1. To‘p qo‘l bilan yuqoriga irg’itilgandan so‘ng bir qo‘l bilan to‘pni urib o‘yinga kiritish kerak. Agar to‘p urilmay qolib to‘p kirituvchining tanasiga tegib ketsa (yoki ilib olinsa) to‘p o‘yinga kiritilgan, deb baxolanadi.
13.4.2. To‘p kiritish vaqtida o‘yinchi orqa chiziq ustida va to‘p kiritish zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak emas. Lekin, to‘pni urib bo‘lgandan so‘ng chiziqni bosish yoki xoxlagan zonaga o‘tishi mumkin.
13.4.3. To‘p kiritishga birinchi hakam tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng (xushtakdan so‘ng) to‘p kiritish 8 soniya ichida ijro etilishi kerak (1.4.2).
13.4.4. Hakamning xushtagidan oldin to‘p o‘yinga kiritilsa, u xisoblanmaydi va to‘p kiritish qaytariladi (13.3).
13.5. Kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini yopib qo‘yish:
13.5.1. To‘p kiritayotgan jamoa o‘yinchilari to‘p kiritayogan o‘yinchini yoki kiritayotgan to‘p yo‘nalishini berkitib, raqib o‘yinchilarining to‘pni qabul qilishiga xalaqit berishi mumkin emas. (13.5.2, 13.2.1).
13.5.2. To‘p kiritayotgan jamoadan bir yoki bir necha o‘yinchi sakrab, xarakatlanib qo‘llari bilan kiritilayotgan to‘p yo‘nalishini «yopib» qo‘yishi mumkin emas (13.4).
13.6. To‘p kiritishdagi xatolar.
13.6.1. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ysa, xatto raqib jamoasi noto‘g’ri joylashgan bo‘lsa ham, to‘p kiritish huquqi raqibga beriladi. (13.2.2.2, 13.7.1.).
Bunday qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
13.6.1.1. To‘p kiritish navbati buzilganda (13.2.);
13.6.1.2. To‘p kiritishda 13.4. — qoidasi buzilganda;
13.6.1.3. To‘p kiritishda 13.5. — qoidasi buzilganda;
13.6.2. To‘p kiritishda to‘p urilganidan keyingi xatolar (13.4, 3.7.2):
13.6.2.1. To‘p kiritishda to‘p o‘z o‘yinchisiga tegsa yoki to‘rdan o‘tmasa (9.4.4, 9.4.5, 11.1.1, 9.4);
13.6.2.2. To‘p maydondan tashqariga tushsa (9.4.);
13.6.2.3. To‘p yo‘nalishi to‘silgan joydan kiritilayotgan to‘p o‘tsa(13.5).
13.7. To‘p kiritish va uni qabul qilish vaqtida maydonda joylashish xatolari.
13.7.1. Agar to‘p kiritayotgan o‘yinchi xatolikka yo‘l qo‘ysa va shu vaqtda raqib maydonda joylashish qoidasini buzsa, bu holda to‘p kiritishdagi xato e’tiborga olinadi (13.6.1, 7.5.1, 7.5.2).
13.7.2. Agar to‘pni o‘yinga kiritish to‘g’ri ijro etilgan bo‘lsa, lekin to‘p keyinchalik xatoga uchrasa (to‘rdan o‘tmasa, maydon tashqarisiga tushsa va hokazo), bunda raqib jamoaning joylashishidagi xatosi (agar shu xato mavju bo‘lsa) e’tiborga olinadi (13.6.2, 7.5.3)

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə