Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish


Voleybol bilan shug‘ullanishda sport shikastlanishni va uni ogohlantirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/8
tarix08.03.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#102132
1   2   3   4   5   6   7   8
Durdona Kurs ishi

Voleybol bilan shug‘ullanishda sport shikastlanishni va uni ogohlantirish


Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish

Voleybol о‘yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham ximoyada ham shax turish va siljish, tо‘pni uzatish va qabul qilib olish, tо‘pni bir yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо‘pning yо‘lini tо‘sish kabilar mavjud. О‘yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о‘yini davomida о‘yinchi maydon bо‘ylab xarakatda bо‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо‘pni qabul qilib olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.


О‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim tayyor bо‘lib turishidir. О‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Qо‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо‘lishi kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о‘yining borishiga qarab о‘zgarib turadi. Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо‘lsa, о‘yincha ancha egiladi, otayotganda tо‘g‘rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bо‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib (maydon bо‘ylab tez siljish va yо‘nalishini birdan о‘zgartirib) yurishi mumkin. Oxirgi yugirish qadami uzun bо‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, yо‘nalishini о‘zgartirish mumkin.
Voleybol o’yinida harakatlanish texnikasini o’rgatish

Voleybol jamoali о‘yin turiga mansub bо‘lib, о‘yinda ikki jamoa xar birida olit kishi о‘ynashi shart. Zahiradagi о‘yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bо‘lishi mumkin.


О‘yinchilarning sport kiyimi futbolka, tursi va shippak. О‘yinchining yoshi jinsiga qarab tо‘rning balandligi qо‘yidagicha bо‘ladi:

  • Qizlar 13-14 yosh - 2m 10sm.

15-16 yosh - 2m 20sm.

  • Ayollar 17-18 va undan katta yoshdagilar uchun – 2m 24sm.

  • О‘g‘il bolalar 15-16 yoshli - 2m 35sm.

  • Erkaklar 17-18 va undan ortiq yoshli - 2m 43sm.

О‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bо‘lib, har bir partiya 25 ochkogacha davom etadi. Agar о‘yin ochkolari 25-25 bо‘lsa, о‘yin 27 ochkogacha davom etadi. Sо‘ngi partiyada 3 yoki 5 о‘yin hisobi “tayom breyk” asosida olib boriladi. YA’ni о‘yindagi har bir harakat kiritish huquqi qaysi jamoadan bо‘lishi qat’iy nazar jamoaga mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltirish mumkin. Hal qiluvchi partiyada 15 ochkogacha о‘ynaladi va ikki ochko farqigacha davom etadi. Zamonaviy voleybolda har 8 ochkodan keyin texnik taym-aut 1 minutlik tanaffus beriladi, yani hisob 8 ga yorganda va 16 ga borganda tanaffus beriladi. Oxirgi partiyada esa 8 ochko bо‘lganda о‘yinchilar maydon almashadilar.
Voleybol о‘yining dastlabki rasmiy о‘yin qoidalari 1997 yil amerakali doktor A.Xolsted rahbariligida ishlab chiqarilgan. Mazkur qoidalarning ayrim qoidalari ayrim abandlari qо‘yidagilardan iborat.

    • Maydon о‘lchami – 7,6x16,1 m.

    • Tо‘rni balandligi – 198 sm.

    • Tо‘pni og‘irligi - 340 grm.

Tо‘p о‘yinga maydodagi о‘ng tashqi qismida joylashgan bir 1x1 metrli tо‘rtburchak shakldagi joyda bir oyoq turib kiritilgan va xokozo.
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning о‘yin maxoratini shakllana borish bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham о‘zgarib taqomilashib borgan.
1900 yil – xisob 21 ochkogacha, tо‘rni balandligi 213 sm. 1912 yil – maydoncha 10,6x18,2 mt, tur – 228sm.
1917 yil – xisob – 15 ochko, tur 243sm. 1918 yil – о‘yinchilar soni bir jamoada 6 ta.
1922 yil – tо‘pni fakat 3 marta о‘ynash, maydoncha 9,1x18,2 mt. 1925 yil – tо‘p 66-69sm, og‘irligi 275-285 gr, maydoncha 9x18 mt. 1934 yil – tur ayollar uchun 224sm bо‘lgan.
Voleybol sobiq ittifoq 1920-1921 yilda о‘rta Volga (Qozon, Nijniy, Novgorod) nohiyalarida tarqala boshlagan 1922 yilda boshlab Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishiga sa’nat va teater vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil eitlgan “Dinama” jamiyati sportining boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol о‘zoq sharqda Xabarskiy va Vladivostokda paydo bо‘ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlandi. Voleybol hamma yerda tarqala boshladi. Shu bilan bog‘liq ravishda musobaqalarni yagona qoidalarni ishlab chiqish zaruriyati tо‘g‘ildi. 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bо‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarni tuzib tasdiqladi. Tо‘rning balandligi ayollar uchun 2 metr 20sm va erkaklar uchun 2 metr 40sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida о‘yin 15x7,5 о‘lchami maydochada о‘tkaziladigan bо‘ldi.
1926 yilda Moskva qoidalariga asosan birinchi liga muntazam ravishda о‘tkazila boshlandi. 1928 yilda Moskvada doimiy xakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol bо‘yicha sobiq SSJI birinchiligi ilk bor Dnepropetrovsk shaxrid 1983 yilning 4-6 aprelida bо‘lib о‘tdi. Musobaqada ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarqkov, Boku Minsk) va 5ta erkaklar jamoasi ishtirok etdi. Aylanma tarkibda о‘zkazilgan о‘yinlar kо‘p sonli tomoshabinlarni о‘zlariga jalb qildi. Qiziqarli birinchilik Moskvalik aralash jamoalarning kо‘rgazmali о‘yinlari о‘zkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3 ta ayol va 3 ta erkak bor edi.
Voleybol bо‘ycha sobiq SSJI ikkinchi birinchiligi 1934 yilda Moskvada о‘tkazildi. Unda tarkibda 9 kishilik ayollar va erkaklar jamoalari qatnashdilar. Endi Leningrad, Sverdlovek, Gorkiy Rostov, Toshkent jamoalari paydo bо‘ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma jamoasi uzoq sharq safariga chiqib Vladivostok, Chita, Ulan-Ude, Novosibirsk va Tyumenda kо‘rgazmali uchrashuvlar о‘tkazdilar. Bu esa shubxasiz voleybolni uzoq sharqdagi keng tarqalishiga sharoit yaratdi. Terma jamoaning barcha bellashuvlari jamoali о‘yining ustunligi shiori ostida utdi. Terma jamoaning birinchilikda g‘olib bо‘lishi aynan shu о‘yini bilan dong‘i ketgan Moskva jamoalari edi.
Yoshlar orasida voleybolning ommalashishiga qattiq turki bо‘lgan xodisa 1995 yilning avgustida о‘tkazilgan maktab о‘quvchilarning mamlakat birinchiligi hisoblanadi. 12 ta shaxar va viloyat jamoalari ishtirok etgan bu musobaqaning birinchi bosiqchi chiqib ketish tartibida, yakunlovchi finil о‘yinlar esa aylanma tartibda о‘tkazildi. Har bir shaxar jamoasi uchun 3 komanda: katta va kichik yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi.
1935 yil о‘yinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinashib kо‘rganligi tarixda о‘chmas iz qolirdi. Toshkentda va Moskvada voleybolchilarimizning Afg‘oniston jamoasi bilan 2 ta uchrashuv bо‘lib о‘tdi.
О‘yin afg‘on qoidalari asosida о‘tkazilganligiga qaramay 9 о‘yinchi bor edi. О‘yin 22 ochkogacha davom edi, о‘yinchilar maydonda joy almashmadilar mamlakat voleybolchilari asosgiga g‘oliblikga erishdilar.
1936 yilning eng ommaviy о‘yinlaridan biri sobiq VSSPS kubogi uchun 100dan ortiq jamoalar bilan musobaqalar о‘tkazildi. Kubogni Msokvaning ayollar va erkaklar jamoasi “Medik” qо‘lga kiritdi.
Voleybolning texnik va taktikasini emas, musobaqa qoidalari ham о‘zgarishdi davom etardi, ya’ni 1935 yilda erkaklar uchun 2m45 sm.ga kо‘tarildi 1937 yildan esa ayollar uchun 2m 29 sm. bо‘lib qoldi. Maydonchada hujum chizig‘i belgilandi va old orqa chiziq о‘yinchilari deganda tushuncha paydo bо‘ldi, bu esa alohida о‘yin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab qо‘ydi. Shu yildayoq о‘yinga tо‘p kiritish joyi maydochaning orqa о‘ng qismidan 3m qilib belgilandi. Sababidan qat’i nazar о‘yinchilarni almashtirishga ruxsat berildi. (ilgari almashtirishga faqat baxtsiz hodisalardan keyin yо‘l berilar edi).
1938 yilda musobaqalarni о‘tkazish qoidalarida ham jiddiy о‘zgarishlar sodir bо‘ldi. Bu yilning mamlakat birinchiliklari yozgi maydonlarda sport jamiyatlari orasida о‘tkazildi. Dastlabki о‘yinlari mamlakatning turli shaxarlarida о‘tdi. Yakuniy о‘yin esa Moskva bо‘ldi. Birinchilik kо‘pgina yangi jamoalarning о‘ziga jalb etdi va hamma voleybolchilarning ishiga jonlanish aolib kiradi. Mamlakatning keyingi birinchiligi (1939-1940) xuddi shu tartibda о‘tkazildi.
О‘zbekistonning “Dinamo” (Toshkent) jamoasi bilan birga о‘ynab uchrashuvni 0:3 hisobida boy berishgan bо‘lsa, Indoniziya ayollari jamoasi Toshkentning “Spartak” jamoasi qizlariga 2:3 hisobiga boy berishdi.
1970-72 yillarga kelib о‘zbek voleybolchilari Bangladesh, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlarda halqaro о‘rtoqli о‘chrashuvlarini о‘tkazib yuksak mahoratga erishdi. 1970 yilda to 1991 yilgacha о‘zbek voleybolchilar talaygina halqaro rasmiy va о‘rtoqlik uchrashuvlar о‘tkazib kelishdi. 1994 yilda Taylandda о‘tkazilgan “Prinsessa Kubogi” musobaqalarida ishtirok etishdi. E’tiborga loyiq joyi shundaki, Istiqloldan sо‘ng о‘zbek voleybolining taraqqiyoti respublikamizda yangicha yо‘nalishda davom etishi kо‘zga tashlanayotir. Jumladan 1992 yildan boshlab muntazam ztkaziladigan О‘zbekiston milliy chempionati va viloyatlararo respublika spartakiadasi voleybolning yanada ommaviylashishida va ravnaq topishiga yaxshi ta’sir kо‘rsatdi.
Shuni ta’kidlash о‘rinliki, sо‘ngi yillarda respublika miqyosida о‘tkazilayotgan musobaqalarda kasbkorlik (professionallik) asosida ishtirok etuvchi jamoalar doirasi kengayib bormoqda. Bular qatoriga “Kinap” (Samarqand sh.), “Viktoriya” (Navoiy sh.), MXSK (Chirchiq), “SKIF” (Toshkent sh.), О‘zDJTI va xokozo jamoalar kiradi. Mazkur voleybol jamoalarining a’zolari bо‘lishi о‘yinchilar, sport ustalari A.Sovich, SH.Muslimov, S.Jurayev, I.Tambiyev, Qosimovlar barcha musobaqlarda о‘zlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etmoqdalar. Ayollar jamoalaridan YE.Lebedyanskaya, P.Kabardina, S.Ashurova, N.Xodjayev va boshqalar О‘zbekiston sport ustasi degan nomga sazovor bо‘lishdi.
Bu borada trener-mutaxassis va tashkilotchilarni xizmati hurmatga sazovordir. Jumladan, A.Kim ( Samarqand), T.Abramova (Toshkent), M.Yodgorov (Navoiy), A.Asqarov (Qо‘qon) va boshqalarni aloxida ta’kidlab о‘tish о‘rinli.
О‘zbekiston voleybolini yangicha yо‘nalishda taraqqiy ettirishda uni viloyatlarida “harakatga” keltirish, xorijiy davlatlar voleybol jamoalari bilan alova bog‘lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda О‘zbekiston voleybol Federatsiiyasining prezidenti “О‘zavtotrans” korporatsiyasining raisi, professor
L.Axmedov, hamda federatsiyaning barcha a’zolari ibratli faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Respublikamizning barcha о‘quv yurtlarida voleybol eng ommaviy sport turidan biri bо‘lib hisoblanadi.
Zamonaviy voleybolda samarali о‘yin kо‘rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat о‘ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshiriladi. Voleybolchilarning о‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan belgilanadi: tezkor- kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchini har tomonlama rivojlantirish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish va salomatligini mustahkamlashdir. Voleybol jismoniy tayyorgarligining aniq bо‘limlari qо‘yidagi vazifalarni yechishga qaratilgan.

    1. Organizm funksional tayyorgarlik darajasining safarbarlik darajasini oshirish.

    2. О‘yin faoliyati effektivligini ta’minlab beradigan jismoniy fazilatlar kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan bevosita bog‘langan jismoniy qobliyatlar sakrovchanlik, sport tezkorligi va irg‘ituvchanlik harakatining quvvati, о‘yin chaqqonligi, о‘yin chidamliligi va atletik tayyorgarlik darajasini oshirish.

Umuman olganda jismoniy tayyorgarlik jarayoni sportchining organizmida voleybol о‘yinga xos bо‘lgan katta jismoniy yuklamalar ta’sirida kо‘nikish homsil qilibborish kerak. Unda funksional va atletik tayyorgarlikning asosiy vositalari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular о‘zining asosiy yо‘nalishiga kо‘ra qо‘yidagi guruxlarga bо‘linadi:

  1. Organizm ichki sistemalarining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan mashqlar.

  2. Kuch, tezkorlik chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar.

Voleybolda jismoniy tayyorgarlik xarakateri kompleksi bо‘lganligi uchun ham mashg‘ulotlar jarayonida turli metodlar va tashkiliy-metodik formalardan ya’ni:

  1. “Aylanma mashg‘ulotlar” variantlari

  2. “Qо‘shma ta’sir” metodidan va u asosida jismoniy tayyorgarlikning (texnika taktika bilan bevosita jambarchas bog‘langan) boshqa turlari bilan birgalikda foydalanishga qaratilgan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə